09:42 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
740 0 0

“Oʻzbekiston Havo yoʻllari” tarkibidan “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqadi.

TOSHKENT, 29 noya – Sputnik. “Oʻzbekiston Havo yoʻllari” tarkibidan “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ alohida kompaniya sifatida ajralib chiqadi. Bu haqida 27 noyabr kuni qabul qilingan prezident qarorida aytib oʻtilgan.

Milliy Aviakompaniyani qayta tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

“Oʻzbekiston Havo yoʻllari” MAK dorektsiyasi asosida “Uzbekistan Airways” AJ tashkil qilinadi.

Ikkinchi navbatda “Uchish majmuasi” DUK, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “Oʻzaviatexsnab” asosida “Uzbekistan Airports” AJ tashkil qilinadi.

Undan tashqari, “Maxsus aviaishlar aviakompaniyasi” asosida “Uzbekistan Helicopters” MCHJ tashkil qilinadi.  

“Oʻzaeronavigatsiya” davlat korxonasi Vazirlar Mahkamasi  ixtiyoriga topshiriladi.

Qarorda aytilishiga koʻra yangi tuzilgan kompaniyalarning har biri oʻz sohasida turli vazifalari bajarishi kerak boʻladi. 

“Uzbekistan Airways” AJ vazifalari:

  • Mavjud havo kemalaridan samarali foydalanish, jumladan yangi yoʻnalishlar ochish;
  • Aviaparkni yangilash va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish;
  • Yoʻlovchilarga koʻrstilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;
  • Yoʻlovchi,yuklar va pochta tashishda moslashuvchan tariflar taklif qilish;
  • Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
  • Parvozlar xavfsizligini taʼminlash;
  • Aviakompaniyani xalqaro aviatashuvchilar jamiyatiga integratsiya qilish;
  • Hududiy miqyosda yetkchilikka erishish;

“Uzbekistan Airports” AJ asosiy vazifalari:

  • Aeroportlar rivojanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Aeroportlar infratuzilmalarini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilish;
  • Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning yuqori sifatini saqlab turish;
  • Aeroport barcha xizmatlarining samarali faoliyatini tashkil etish;
  • Aeroportlarda parvozlar xavfsizligi taʼminlash;
  • Aeroportlarni zamonaviy darjada taʼmirlash va havo kemalariga yuqori darajada xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
  • Aeroportlar hududida zamonaviy ovqatlanish tarmoqlari, bank xizmatlari va boshqa xizmatlarni davlat xususiy hamkorligi asosida tashkil etish;

Yangi korxonalarda qanday yangiliklar boʻlishi kutilmoqda

Yangi tashkil qilinayotgan aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari tarkibiga kerakli malakaga ega boʻlgan, ushbu sohalarda salmoqli tajribaga ega boʻlgan mutaxassislar taklif qilinadi.

2020 yildan boshlab ushbu kompaniyalarning moliyaviy hisoboti xalqaro standartlar asosida olib boriladi va har yili xolis audit yordamida tekshiriladi.

“Oʻzbekiston xavo yullari” kompaniyasiga berilgan barcha imtiyozlar yangi kompaniyalar uchun ham saqlanib qoladi.

Undan tashqari yangi tashkil qilinayotgan mahalliy aviakompaniyalar 2023 yilning 1 yanvariga qadar samlyotlarni va xizmat inventarlari olib kelishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi. (kod TN VED 8802, 8803 va 8805);

Rejalar amalga oshirilish muddatlari

Prezident  qarorida aytilishiga koʻra, yuqorid koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish rejasini tuzish uchun Abdulla Aripov boshchiligidagi ishchi komissiyaga 2 hafta vaqt beriladi;

2019 yilning 15 yanvariga qadar Transport vazirligi tashkil qilinishi kerak

2019 yilning 1 mayiga qadar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalar mulkini roʻyxatdan oʻtkazish;

2019 yilning 1 iyuniga qadar Oʻzbekiston bozorida qoʻshimcha aviakompaniyalar, jumladan loukosterlar  va biznes aviatsiyasi faoliyatini tashkil qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;  

2019 yilning 1 apreliga qadar Davlat investitsiyalar qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Jahon banki mutaxassislari yordamida davlat-xususiy sherikchilik asosida ishlashga oʻtadigan aeroportlar roʻyxatini tuzish;

2020 yilning 1 yanvariga qadar tanlangan aeroportlar loyihalarini konkus asosida tanlab olish;  

Asosiy mavzular