07:26 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
24810

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha dorixonalarda videokameralar oʻrnatiladi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab narkotik sifatida foydalanish mumkin boʻlgan dori-vositalarning aylanishi qattiq nazorat ostiga olinadi, OʻzA xabariga asosan.

Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining 6 sentyabrda imzolangan “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish toʻgʻrisidagi”, qarorida aytib oʻtilgan.

Qarorda aytilishiga koʻra, 2019 yilning 1 dekabridan boshlab kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalar roʻyxatiga kiritilgan dorilar miqdori nazorat ostiga olinadi va ularning chakana savdosi faqatgina ijtimoiy dorixonalar yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizatsiya qilish litsenziyasiga ega boʻlgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek,  2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizatsiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash tartibi joriy etiladi.

Agar dorixonalarda mazkur talab muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilsa, bu holat litsenziyaning amal qilishini oʻrnatilgan tartibda tugatish uchun asos boʻladi.

Faqat qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallarida hozircha kamera oʻrnatish talab etilmaydi.

Undan tashqari, Toshkentda 2021 yilning  1 martidan boshlab Oʻzbekistonda elektron retsept berish tizimi ishga tushiriladi. 2022 yilning 1 martidan boshlab esa ushbu tizim butun Oʻzbekiston boʻylab ishga tushadi.

Ushbu tizim dorilar aylanish sohasida shaffoflikni, shuningdek belgilangan va sotilgan dori vostalarining miqdori va hisobini nazorat qilishni, dorilardan narkotik sifatida foydalanishni oldini olishni taʼminlashga qaratilgan.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin mahalliy matbuotda Toshkentda aptekalarda sotilayotgan dorilardan narkotik sifatida foydalanish avjiga chiqaari haqidagi maʼlumotlar koʻpchillikni hayratga solgan edi.

Asosiy mavzular