Kolumnistlar

“Oqim” keyinga qolsin. Baydenga Putin bilan uchrashuvda Germaniya kerak

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Fotobankka oʻtishStroitelstvo gazoprovoda "Severnыy potok-2" v Germanii
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2021
Amerikaliklarning “Shimoliy oqim-2”ning nemis ishtirokchilariga qarshi yangi sanktsiyalardan voz kechishi borasidagi xabar tarqaldi.
TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Putin va Bayden sammiti yaqinlashgani sari Vashington oʻynalmagan “stavka”lardan boʻyib tovlab, oʻzining muzokaralar pozitsiyasini mustahkamlashga urinmoqda. Yangi Amerika maʼmuriyatining Rossiya bilan birinchi muloqoti arafasida – kecha Reykyavikda boʻlib oʻtgan Sergey Lavrovning AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralari – amerikaliklarning “Shimoliy oqim-2”ning nemis ishtirokchilariga qarshi yangi sanktsiyalardan voz kechishi borasidagi maʼlumot sizdirildi.
Bu tasodifiy oʻxshashlik edi: Davlat departamentiningn kongressga yoʻllaydigan maʼruzasi kutilayotgandi, unda gaz quvuri qurilishi va foylalanishiga aloqador barchani, jumladan, SHO-2 operatori - Nord Stream 2 AG nemis kompaniyasini jazolash zarurligi toʻgʻrisida dekabr oyida qabul qilingan qaror qanday ijro etilayotgani xususida hisobot berilishi kerak edi. Birdan maʼlum boʻladiki, unga qarshi sanktsiya boʻlmaydi. Hatto bu haqdagi norasmiy sizdirilgan maʼlumotlar AQShda Bayden dushmanlarining gʻazabiga sabab boʻldi: qanday qilib, hamisha va har yerda ruslar va ularning hamtovoqlariga qarshi kurashishni vaʼda qilishgandi, buning oʻrniga esa...
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.05.2021
Analitika
Milliardlab yevroni koʻkka sovurish. Oktyabrgacha “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishadimi
“Demak, bir guruh ruslar quvurlarimizni toʻxtatib qoʻyishi mumkin, biz esa ularning quvur qurilishlariga xalal berolmaymiz”, - deya yozadi “National Review” yaqinda Amerikaning “Colonial Pipeline” quvuriga uyushtirilgan xakerlik hujumini nazarda tutgan holda. Hujumda darhol “rus izi” borligini uydirib chiqarishdi. Senator Ted Kruz esa umuman shunday dediki, “xolis aytadigan boʻlsak, Bayden maʼmuriyati hozirgi davr tarixidagi eng rusparast boʻlib bormoqda”:
“Ajoyib. AQSH qonunlariga xilof ravishda Bayden Putinga quvurni qurishda koʻmaklashmoqda”.
Albatta, “ruslar” bu yerda Amerika ichidagi siyosiy kurash uchun vosita sifatida lozim, xolos. Respublikachi Kruz shunchaki toʻrt yil ichida Trampni “Kreml odami” deb taʼqib qilingani uchun demokratik maʼmuriyatdan oʻch olmoqda. Lekin demokratlar uchun ichki siyosiy mulohazalar oʻta ahamiyatli emas. Yaqinda orada boʻlib oʻtadigan yirik saylovlargacha bir yarim yil bor, Ishda Kremlni ayblashga ovora boʻlmasa ham boʻladi. Boz ustiga hamma, jumladan, respublikachilar ham tushunishadi: Bayden yangi sanktsiyalarni umuman Putinni koʻnglini ovlash uchun emas, balki Berlin bilan munosabatlarini murakkablashtirmaslik uchun kiritish xohlamaydi.
Yangi sanktsiyalar AQShning Rossiya bilan munosatlari jihatidan nimalarni bergan boʻlardi? Hech nima. Amerikaliklar allaqachon “Shimoliy oqim-2”ni barbod qilish uchun hamma ehtimoliy dastaklarni ushlab chiqyapti. Ammo ular faqat qurilishning choʻzilishiga erishishdi. Lekin nemislarni undan foydalanish rejalaridan voz kechishga majbur qilisholmaydi. Agar Bayden Putin bilan uchrashish arafasida yangi saktsiyalarni qoʻllaganda, Rossiya prezidenti hech ajablanmasdi. Biroq Germaniya Amerikaning uning manfaatlari va pozitsiyalari bilan hisoblashishni istamasligining navbatdagi dalilini olardi. Axir Vladimir Putin hamma vaqt aynan shu haqda gapirib kelyapti-ku.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Dunyoda
Germaniya “Shimoliy oqim-2” qurilishi tarafdori – Merkel
Shu bilan birga, yangi sanktsiyalar Berlin pozitsiyasini oʻzgartirmagan boʻlardi, aksincha, ular Amerika diktatiga qatʼiy javob qaytirish zarurligini aytayotgan va Vashington talablariga boʻysinmayotganlarni kuchaytirgan boʻlardi, xolos. Germaniyada amalda saylovoldi jarayonlari ketayotganini inobatga olgan holda, amerika sanktsiyalari, aslida, Amerikaning favoritlariga qarshi oʻynagan boʻlardi.
“Yashillar” Amerikaning nemis kompaniyalariga qarshi sanktsiyalarini qoʻllab-quvvatlay olmagan boʻlishardi. “Shimoliy oqim-2”ga qarshi salbiy munosatda boʻlishlariga qaramasdan bu millatga qarshi va yevropaga qarshi koʻringan boʻlardi. Shunday ekan Vashington yangi sanktsiyalari bilan oʻzining “yashil” tarafdorlarini Amerika aralashuvini qoralashga otlantirgan boʻladi. AQShga buning nima keragi bor? Ustiga ustak mamlakatda aholisning uchdan ikki qismi Rossiya bilan yaxshi munosabatlar tarafdori boʻlgan joydagi saylovoldi vaziyat, AQSH tomonidan tahdidni koʻrayotganlar soni esa allaqachon “ayyor Rossiya”dan hadiksirayotganlar sonidan oshgan.
Mana shuning uchun ham Bayden shunday oddiy boʻlmagan davrda munosabatlarni keskinlashtirishni istamaydi. Aksincha, oʻzining iyundagi Yevropaga safari chogʻida barchaga (amerikaliklarga ham, yevropaliklarga ham, Rossiyaga ham) atlantik birdamlik qayta tiklangani, Amerika va Yevropa yana birga ekanini namoyish etmoqchi. Jumladan, Moskvaga qarama-qarshilikda ham, global masalalar yuzasidan ham, Ukraina kabi eng muhim mavzular yuzasidan ham.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Bayden AQSH Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini maʼlum qildi
Amerika baribir “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtata olmasligida unga qarshi yangi sanktsiyalardan voz kechish uning manfaatlari nuqtai nazaridan tamoman oqilona qadam. Shtatlar shundoq ham avvaldan undan qatnashayotgan nemislar va boshqa yevropaliklar (italyanlar, frantsuzlar, avstriyaliklar)ni bukishning imkoni deyarli yoʻqligiga qaramasdan, SHO-2 ga qarshi koʻp kuch sarflashdi.
Biroq davlatning inqiroh davrdagi Amerika tashqi siyosati umuman oʻzining mantiqsizligi bilan ajralib turadi, “oqimga qarshi kurashish” esa buning namoyonlaridan biri, xolos. Bayden xatolarni toʻgʻirlash, YEI bilan munosatlarni tuzatishga urinmoqda – albatta, Yevropaning oʻz yoʻlini tanlash huquqini tan olish uchun emas. Yoʻq, Shtatlarga shunchaki kuchlarini bir guruhga jamlashi, yevropaliklarni tinchlantirishlari, ularga hurmat va fahmlashni koʻrsatish kerak. Bu ularni nafaqat Rossiya, balki Xitoyni ham ushlab turish siyosatining yangi shaklini imzolashlariga undash uchun kerak. Yevropaliklarning Amerikadan norozilik kayfiyatini susaytirish, Amerikaga qarshi kayfiyatni kamaytirish zarur. Ularni Moskva va Pekinning yakka hokimiyatchiligiga qarshi kurashga oʻzlari bilan sudrashlari lozim.
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.04.2021
Dunyoda
Putin va Bayden uchrashuvi iyun oyida boʻlib oʻtishi mumkin
Reja, ochigʻini aytamiz, bir navi – lekin kim aytdi, anlantika elitasining globalchi qismining yaxshi va yutuqli variantlari bor? Yoʻq, Gʻarb inqirozda – ammo atlantchilarning Germaniya elitasiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatlari haligacha ulkan. Shu bois “Shimoliy oqim-2” bilan oʻyinlar kuzda Germaniyada yangi koalatsiya shakllangandan soʻng davom etadi. Oʻsha vaqtga kelib qurib bitkazilgan quvurga nemis siyosatchilari yordamida xalal berishga urinishadi. Lekin bu nemis tarixidagi yangi bob boʻladi, unda nemislarning SHO-2 ni va hatto umuman Rossiya bilan munosabatlarni emas, balki oʻzining shaxsiy va umumevropa suverenitenini himoya qilishiga toʻgʻri keladi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala