Kolumnistlar

Su-57ning yangi istiqbollari: sunʼiy ong, mukammal dvigatellar va importyorlar navbati

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishForum "Armiya-2020". Demonstratsionnыe poletы
Forum Armiya-2020. Demonstratsionnыe poletы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Rossiya Su-57 qiruvchisi qurol bozorida amerika samolyotlarini siqib chiqaradi
Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi allaqachon chet ellik raqiblardan oʻzib ketgan va mukammallashtirilishda davom etmoqda – u yanada tezkor, aqlli va qudratli boʻlmoqda
Koʻpfunktsiyali Su-57 Rossiya havo-kosmik kuchlari qurollari safiga sal vaqt oldin – 2020 yilning dekabrida qabul qilingan edi. Birinchi seriyali beshinchi avlod qiruvchisi 2021 yilning boshida Janubiy harbiy okrugga topshirildi.
Uning modernizatsiyasi boshlanmoqda, bu oʻzgarishlar davomida mashina ikkinchi bosqich mukammal dvigatellarga, sunʼiy ongga va boshqariluvchi "Ovchi" ogʻir dronlarini boʻgʻinini avtomatik boshqarish imkoniyatiga, gipertovushli raketalar va yoʻnaltirilgan energiya inqilobiy quroli – EMI-pushkaga ega boʻladi.
Istrebitel-bombardirovщik pyatogo pokoleniya F-35 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Kolumnistlar
Pentagon F-35A samolyoti va MQ-9 uchuvchisiz apparatidan nega voz kechmoqda
Beshinchi avlod qiruvchisi boʻlmish Su-57 barcha turdagi havo, yer ust iva suv usti nishonlarini yoʻq qilishga moʻljallangan, tovush tezligidan ham oʻtadigan kreyser parvoz tezligiga, ichki fyuzelyaj qurol, radioyutuvchi qoplama, va eng soʻnggi rusumdagi bort qurilmasi majmuasiga ega.
Yuqori manyovrlilik va jangovar xarakteristikalar bilan farqlanadi.
Rossiya harbiy kosmik kuchlari 2024 yil oxiriga qadar 22 ta Su-57 qiruvchisini qabul qilib oladi va 2028 yilga kelib ularning soni 76 donaga yetkaziladi.
Shundan soʻng Su-57E (eksport versiyasi) chet ellik ittifoqdoshlar va Rossiya sheriklariga yetkazib berilishi mumkin.
Gʻarblik ekspertlar Rossiyaning Su-57 qiruvchisiga virtual navbatda oʻnlab mamlakatlarni, shu jumladan, Qozogʻistonni ham sanab oʻtganlar. Amerikaning F-35 "koʻrinmasi" loyihasi yuz tutayotgan surunkali omadsizliklar fonida va AQSH HHKning yaqindagina 2022 yilda bu mashinalarni olishdan voz kechganligi bayonoti fonida Rossiyaning real beshinchi avlod Su-57 qiruvchisini jahon qurol bozorida katta kelajak kutmoqda.
Mnogofunktsionalnыy istrebitel Su-57 na vserossiyskom etape konkursa Aviadarts na aviatsionnom poligone Dubrovichi pod Ryazanyu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.12.2020
Kolumnistlar
Rossiyaning Su-57 qiruvchisi dunyoni egallamoqda. Uning asosiy xususiyati nimada?
Mutaxassislar fikriga koʻra, harbiy texnologiyalar oʻrtasidagi doimiy poyga sharoitida yangilangan Su-57ning parametrlari va xarakteristikalari NATO mamlakatlar uchun mutlaqo yetib boʻlmas boʻladi.

Jangovar samaradorlilik va ishlab chiqarish oʻsishi

Oʻn yilliklarga moʻljallangan yirik qiruvchilik dasturini samolyotni uzluksiz mukammallashtirish va uning ishlab chiqarish metodlari ajratib turadi. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov yaqinda 2021 yilda tasdiqlangan grafikka muvofiq, Su-57ni qurish templari oshishini maʼlum qildi. Kutilishicha, samolyotlarda yangi (qiruvchilar dunyosida eng kuchli) "Saturn 30" dvigatellari oʻrnatiladi va bu dvigatellar bilan ular qoʻshinlar safiga 2022 yilda kelib qoʻshiladi.
Birinchi bosqich dvigatellari (AL-41F1) faqat beshtagacha mashinaga oʻrnatiladi. Su-57 qiruvchilari ishlab chiqarilishining yana bir tezlashishi 2024 yilda boʻlib oʻtadi.
Qurol-yarogʻ va avionika yangi tizimlari bilan bir qatorda fundamental oʻzgarishlar Su-57 planeri konstruktsiyasida ham kuzatilmoqda.
Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2020
Kolumnistlar
Rossiya quroli: Su-57 qiruvchisi va “ovchi” ogʻir zarba droni
Seriyali mashina ishlab chiqarishning zamonaviy usullari koʻrinmaslikni yaxshilab olgan.
Denis Manturov bir vaqtning oʻzida jangovar dronlar tizimi haqida ham tilga olgan edi. Bu tizimlar jahon darajasiga mos boʻlib, rivojlanishda davom etmoqda.
Ogʻir dronlar boʻgʻinida Su-57 jangovar boshqaruvning havo markaziga aylanadi. Rossiya aviaqurilish sohasidagi manba 1 iyun kuni: "Hozirda Su-57 kabinasidan bir nechta zarba dronlarini boshqarish imkoniyatlari oʻrganilmoqda… Qiruvchi oʻzi bilan ikkitadan toʻrttagacha "Ovchilarni" ergashtirib boradi", deya xabar bergan edi.
Su-57 va "Ovchi" dronining sunʼiy ongini (SO) jangovar qoʻllanilishgacha boʻlgan davrgacha xolis tahlil qilish mumkin emas, ammo shunday boʻlsada, bilvosita xususiyatlari, eʼlon qilingan materiallar va "sizdirmalarga" qarab, rossiyalik mutaxassislar qanchalik oldinlab ketganini tushunish mumkin.
Pervыy polet noveyshego bespilotnika Oxotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Rossiya
Rus “ovchisi” - AQSH va Turkiya dronlari bilan solishtirilganda
Su-57 sunʼiy ongi jangovar boshqaruv tizimiga integrallashtirilgan va hatto boshqariluvchi qiruvchi oldindan tayerlangan dastur boʻyicha 90 % vazifalarni inson ishtirokisiz bajarishi mumkin.
Agar uchuvchi jangda jarohat olsa yoki oʻldirilsa, Su-57ning elektron "ongi" nishonlarni muvaffaqiyatli yoʻq qilish imkonini taqdim etadi va avtomatik rejimda bazaga qaytadi.
Sunʼiy ongga ega uchuvchisiz "Ovchi" mana bir necha oydirki poligonda raketa qurollari yordamida nishonlarni avtonom tarzda tutish va yoʻq qilish algoritmini oʻzlashtirmoqda va kelajakda bu ishlarni Su-57 qiruvchisi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Birgalikdagi qoʻllanilishda 20-tonnalik "Ovchilar" stels-dronlari uni olib boruvchi boshqariluvchi Su-57 muvofiqlashgan holda havo va yerdagi nishonlarni yoʻq qilib, toʻliq tarkibdagi masalalarga yechim topadi.
"Ovchilar"ning seriyali yetkazib berish ishlari 2024 yildan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Repetitsiya Parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya shimoliy hududlarini gʻayrioddiy qurol bilan himoya qiladi
Beshinchi avlod qiruvchisi Su-57 rivojlangan himoya tizimiga ega – radarlar va lazerlar, radioelektron kurash vositalari, shuningdek, davomiyligi 195 km boʻlgan eng yangi "havo – havo" K-77 va R-37M (davomiyligi 400 km) raketalariga.
Su-57 ning ustuvorligi va quroli xavf(nishon)ni amerikaning F-22 va F-35 qiruvchilariga qaraganda kattaroq masofadan turib aniqlash va yoʻq qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Shunday boʻlsada, "Suxoy"ning eng muhim quroli – yerdagi, suv ustidagi va suv ostidagi nishonlarni yoʻq qilishga moʻljallangan gipertovushli raketalardir. Poligon sinovlari muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

Jahon bozorini zabt etish

Su-57 havoda ustuvorlikni zabt etish uchun yaratilgan va texnologik jihatdan amerikaning beshinchi avlod qiruvchisi F-22 Raptor unga yeta olmaydi, bu yerda "omadsiz" F-35 haqida gapirmasa ham boʻladi (boz ustiga ikkalasi ham tor mutaxassislikka ega). Su-57 jangda qiruvchi, shturm qiluvchi yoki ogʻir dronlar uchun havodagi qoʻmondonlik punkti sifatida xizmat qilishi mumkin.
"Suxoy"ning eng asosiy afzalligi – oʻta yuqori manevrlilik va dushman radarlari uchun kam koʻrinishidir, u tovush tezligidan yuqori tezlikda uzoq vaqt ucha oladi, bortidagi arsenali ham salmoqli – turli oilalarga mansub, ju jumladan, kemalarga qarshi uchish masofasi 250 kmgacha boʻlgan kichik, oʻrta va katta tezlikda uchadigan raketalar.
Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2020
Kolumnistlar
Rossiya qaysi davlatga birinchi boʻlib yangi Su-57 qiruvchilari sotadi
Qiruvchi pomexlarga qarshi oʻta yuqori darajadagi apparaturalar va koʻp kanalli qurol tizimlari bilan jihozlangan, soatiga 2600 kmgacha tezlikni oshirishga qodir. Tovush tezligigacha amaliy harakatlanish tezligi - 5500 km. Qisqa muddatli uchish va qoʻnish uchun samolyotga allaqanday maxsus aerodromlar talab qilinmaydi.
Su-57 dunyodagi eng mukammal va qudratli qiruvchilardan biri sifatida tan olingan. Noyob xususiyatlari qiruvchiga xalqaro qurol bozorida muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi, va Su-57 xorijlik buyurtmachilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
"Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev 1 iyun kuni Rossiyaning yangi qiruvchisini xarid qilish borasida 4-5 mamlakat oʻylab turganini maʼlum qildi. Amerikaning Military Watch nashri yanada koʻproq mamlakatlarni sanab oʻtgan.
Barrajiruyuщiy dron-kamikadze ZALA Lantset na stende kontserna Kalashnikov v ramkax otkrыtiya mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2019  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2020
Dunyoda
Rossiyada yangi kamikadze-dronlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda
Jazoir regiondagi qoʻshnilarining harbiy-havo kuchlari kuchayishi fonida Rossiyada birinchi boʻlib 14 ta Su-57E qiruvchi samolyotiga buyurtma joylashtirgan. Shartnoma narxi 2 milliard dollarni tashkil etadi. Su-57 samolyotining eng yirik potentsial buyurtmachisi bu Hindiston boʻlib, u tayyor mashinalarni sotib olishga va oʻz hududida litsenziyalangan ishlab chiqarish loyihasini rivojlantirish niyatida. Hindiston va Jazoirdan tashqari Su-57 qiruvchisiga Xitoy, Myanma, Vyetnam, Malayziya, Eron va Turkiya katta qiziqish bildirmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hozirda Qozogʻiston, Efiopiya va Misr ham virtual navbatda turishibdi.
Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi oʻziga xos taktik va texnik xususiyatlari, oltinchi avlod texnologiyalari integratsiyasi, optimistik ishlab chiqarish istiqbollari va yuqori eksport salohiyati bilan hali bizni koʻplab marotaba hayratga soladi. Toʻrtinchi avlod qiruvchilari asta-sekin eskirib borayotgani bois chet ellik buyurtmachilar soni muntazam oʻsib borishi kutilmoqda, boz ustiga Su-57 samolyoti bugungi kunda va yaqin istiqbolda jahon bozorida munosib raqobatchiga ega ham emas. Faqat 2018 yildan beri Rossiyada ishlab chiqarilayotgan istiqbolli MiG-41 qiruvchi-tutqichini hisobga olmaganda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala