Barqaror rivojlanish maqsadlari: Tanzila Norboyeva Buxoro deklaratsiyasi haqida

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Obuna bo‘lish
Buxoroda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Buxoroda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro parlamentlararo hamkorlik xalqaro forumi yakunida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva nutq so‘zladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchidan, ikki kun davomida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning dolzarb masalalari to‘g‘risida fikr almashildi. Bunda, parlament ishtiroki va nazoratini kuchaytirish, milliy miqyosdagi strategiyalarni global maqsadlar bilan uyg‘unlashtirish, oqilona moliyalashtirish, statistika va baholash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
To‘plangan tajriba va erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni hal qilishning samarali yechimlari hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Vstrecha ministrov turizma turkoyazichnix stran v Kokande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizmni birgalikda rivojlantiraylik - Qozog‘iston va Qirg‘iziston takliflari
Mazkur yo‘nalishda fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik ishtirokini faollashtirish, gender yo‘naltirilgan siyosat va yoshlar harakatlarini rag‘batlantirish dolzarb ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.
Ikkinchidan, koronavirus infeksiyasining tarqalishi va u bilan bog‘liq iqtisodiy-ijtimoiy muammolar barqaror rivojlanishning barcha ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi, ayrim davlatlarda hali hamon ushbu vaziyat saqlanib qolayotganligi parlament a’zolari va xalqaro ekspertlar tomonidan alohida xavotir bildirildi.
Ayniqsa, milliy mablag‘larni samarali sarflashda, ularni aholining eng zaif guruhlari ehtiyojlariga yo‘naltirilishini ta’minlashda parlament nazoratini kuchaytirish zarurligi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Kokand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Qo‘qon Turkiy Kengash davlatlarining ilk Turizm poytaxti deb e’lon qilindi
Bu borada Budjet loyihasini ishlab chiqish va muhokama qilishda fuqarolar, mustaqil ekspertlar va keng jamoatchilikni jalb etish nihoyatda zarur.
Uchinchidan, Barqaror rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forum mamlakatlarning erishgan natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishda, o‘zaro tajriba almashishda, zarur tavsiyalarni ishlab chiqish va tashabbuslarni ilgari surishda muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Muhokamalar davomida parlamentlar ushbu muloqot maydonidan samarali foydalanishi, forumda taqdim etiladigan Ixtiyoriy milliy hisobotlarni tayyorlashda faol ishtirok etishlari zarurligi ta’kidlandi.
Vstrecha ministrov turizma turkoyazichnix stran v Kokande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizmni birgalikda rivojlantiraylik - Qozog‘iston va Qirg‘iziston takliflari
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlarning rolini yanada oshirish, parlament nazorati samaradorligini mustahkamlash hamda inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi ko‘plab parlament a’zolari va xorijiy ekspertlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
To‘rtinchidan, ushbu keng qamrovli muhokama va munozaraladan shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki, bugun Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik nihoyatda muhim. Parlament xalq vakilligi ekan, demak parlamentlararo hamkorlik bu – xalqlar, millatlar hamkorligi, birdamligi demakdir.
“Global forum orqali siz bilan birgalikda ushbu yo‘ldagi ilk qadamni qo‘ydik. Va bu qadam azaldan ilm-ma’rifat va ezgu g‘oyalar markazlaridan biri sifatida dunyoga tanilgan Buxoroda qo‘yilganida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor.
Dvores Xudoyar xana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2021
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Shu ma’noda, global Forum yakuni bo‘yicha e’tiboringizga havola etilgan Buxoro deklaratsiyasi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlikning muhim jihatlarini qamrab olgan.
O‘ylaymanki, forum ishtirokchilari deklaratsiya loyihasini ma’qullaydilar va mazkur hujjat global hamkorligimiz, birgalikdagi sa’y-harakatlarimizning yangi davri boshlanishiga asos bo‘ladi.
Agar tadbirimiz ishtirokchilarida Buxoro deklaratsiyasi loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha fikrlar bo‘lmasa, uni asos uchun qabul qildik deb, hisoblaymiz.
V Buxare startoval mejdunarodniy forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2021
Buxoroda O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marta tashkil etilgan xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
Biz ikki hafta davomida barcha mamlakatlar parlamentlaridan ushbu Deklaratsiya yuzasidan qo‘shimcha taklif va tavsiyalarni taqdim etishlarini so‘rab qolamiz va uni amalga oshirishga birgalikda kirishamiz”, - dedi Senat raisi.
Ushbu forumni har ikki yilda o‘tkazishni, ushbu davrda hamkorlikda amalga oshirgan ishlarni, erishgan yutuqlarni, shuningdek mintaqaviy va global miqyosda yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qilib borishni hamda aniq natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi dasturlarni qabul qilishni taklif etildi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari doimiy muloqot hamda faol harakatni taqozo etadi.
Yangiliklar lentasi
0