Kolumnistlar

Markaziy Osiyo “amerika” afgʻonlarini nima qilishi kerak?

Shu kunlarda Moskva diqqati Sharq tomonga, Markaziy Osiyoga qaratilgan. Amerika va NATO Afgʻonistondan qoʻshinlarini olib chiqqanidan soʻng vaziyat keskin yomonlashib ketishi mumkin.
TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. “Biz Afgʻonistonda sodir boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib boroqdamiz. U yerda amerika va NATO qoʻshinlari olib chiqilganidan soʻng vaziyat keskin yomonlashib ketishi mumkin”, - degan edi biroz oldin Sergey Lavrov.
TIV rahabarining soʻzlariga koʻra Vladimir Putin Markaziy Osiyoning besh davlati rahabarlari bilan aloqada boʻlib turibdi. Undan tashqari ushbu respublikalarning toʻrttasi rahbariyati bilan u yoki bu formatda soʻnggi 2 oy ichida uchrashgan edi.
Ushbu uchrashuvlarda turli mavzular muhokama qilingan boʻlsa-da, Afgʻoniston mavzusiga – har doim alohida ahamiyat berilgan edi. U yerda Amerika qoʻshinlarning 90% olib chiqilganidan soʻng Qobul hukumati va Tolibon* orasida janglar boshlanib ketgan edi.
Markaziy Osiyo respublikalarining uchtasi Afgʻoniston bilan bevosida chegaradosh boʻlib qolmasdan Islom Respublikasi shimolida ham tojik, oʻzbek va turkmanlar yashaydi.
Kamilov obsudil so spetspredstavitelem SSHA resheniye afganskogo konflikta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Siyosat
Kamilov AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan muzokara oʻtkazdi
Faqatgina soʻnggi kunlar davomida Tolibon* bosimi ostida afgʻon armiyaning bir necha ming askarlari Oʻzbekiston va Tojikistondan boshpana soʻrashdi. Tolibon Afgʻoniston ustidan toʻliq nazorat oʻrnatganidan soʻng, sobiq Ittifoqning janubiy respublikalari xavfsizligi nafaqat ushbu respublikalar uchun balkim Rossiya uchun ham eng muhim mavzuga aylanadi.
Aynan shu sababdan ham Putin hozir Markaziy Osiyo rahbarlari bilan chegarani mustahkamlashdan tortib qurol yetkazib berishgacha boʻlgan xavfsizlik masalalarini muhokama qilmoqda.
Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston KXSHTga kiradi, yaʼni ular Rossiyaning harbiy ittifoqchilaridir. Lekin ular orasida Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan davlat faqat bitta – Tojikiston.
Oʻzini beteraf deb eʼlon qilgan Turkmaniston ushbu tashkilotgan hech qachon aʼzo boʻlmagan, Oʻzbekiston bir necha bosh tashkilotda ishtirokini toʻxtatib qoʻgan edi. Soʻnggi marotaba 2012 yilda. Bu degani Moskva Ashxobod va Toshkentga yordam bermaydi degani emas. Kerak boʻlsa ular yordam soʻrashi mumkin. Masala - qanday xavf tugʻilishida.
Afgʻon inqirozining bugungi koʻrinishi, bir necha xil tahdidlar paydo qilishi mumkin. Ulardan eng oddiy va tushunarlisi – jangovar harakatlarni Markaziy Osiyo hududiga koʻchirish. Bu ish Tolibon* agressiyasi tufayli emas, balkim turli qurollangan boʻlinmalarni Afgʻoniston shimolidan siqib chiqarilishi oqibatida sodir boʻlishi mumkin.
Afganskiye voyennыe, pereshedshiye granitsu s Tadjikistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Video
Tojikiston afgʻon qochoqlarini qabul qilyapti – video
Afgʻoniston shimolida asosan tojik va oʻzbek millatlari yashaydi. Ularning vakillari ham hukumat qoʻshinlari orasida ham toliblar orasida, shuningdek Al-Qoida* va ISHID* orasida ham boʻlishi mumkin.
Bir vaqtlar radikal islomiy oqimlar tarafdori boʻlgan Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari Afgʻonistonga qochib oʻtishgan edi. Ularning ayrimlari jihod olovini oʻz vatanida ham yoqishni istab qolsa ajab emas.
Tolibon kuchayib borgan sari shimoliy hududlarni nazorat qiluvchi kuchlar taʼsiri zaiflashib boradi va radikal guruhlar ham siqib chiqariladi. Xoʻsh shunda ular qayerga qochadi? Chegarada oʻtib Tojikiston va Oʻzbekistonga, albatta.
Albatta ushbu respublikalar ham kutilmagan mehmonlarni qarshi olishga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Ularning xavfi ularga qarshi qanday kurashish maʼlum. Vaziyat ogʻirlashib ketsa – Rossiya yordam beradi.
Lekin ushbu vaziyatda, hozircha yaqqol koʻrinmaydigan boshqa xatarlar ham bor. Ular orasida Amerikaning ushbu hududda qolish istagi. Bu yerda bir necha bosqich boʻlishi mumkin. Boshida AQSH MO respublikalaridan birining hududida “Afgʻonistonda masofadan turib harakat qilish maqsadida” oʻz bazasini joylashtirmoqchi edi. Oʻtgan haftada Vashingtonda Oʻzbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari bilan ushbu mavzuda muzokaralar boʻlib oʻtgan edi.
Sovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystviye-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Kolumnistlar
Ertaga urush boʻlsa: ODKB operguruhi tojik-afgʻon chegarasida ishlamoqda
Rasmiy bayonot berilmagan boʻlsada, Dushanbe va Toshkent amerikaliklarni oʻz hududiga kiritishiga ishonish amri mahol. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston 2001 yil voqealaridan soʻng (11/9 Nyu Yorkdagi terakt) oʻz hududida AQSH harbiy bazasini joylashtirgan edi. Lekin 2006 yilda Respublika rahbariyati talabiga asosan Amerika harbiylari chiqarib yuborilgan edi. Hozir ham ularni yana kiritish uchun hech qanday asos yoʻq. Lekin kiritmaslik uchun – sabablar istalgancha bor.
Birinchidan, Oʻzbekiston va Tojikistonda joylashtirilgan Amerika harbiy bazalari tolibon noroziligiga olib kelgan boʻlardi. Ular baribir yaqin orada afgʻon hukumatiga yoki uning muhim boʻlagiga aylanadi. Shunday ekan qoʻshni bilan munosabatlarni buzishning nima keragi bor?
Ikkinchidan, amerika bazalari Markaziy Osiyo respublikalari bilan ittifoqchilik munosabatlarida boʻlgan Rossiya va Xitoyning keskin noroziligiga sabab boʻladi.
Uchinchidan, AQSH harbiylariga mahalliy aholi ham negativ munosabatda boʻladi – begona harbiy bazani oʻz hududida joylashtirgan mamlakatda mustaqillik darajasi ham koʻpaymaydi.
Ushbu vaziyatda, harbiy bazalar kabi yaqqol boʻlmasa-da, xatarning yana bir darajasi bor. Amerikaliklar Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻistondan ular uchun ishlagan 9000 nafar afgʻonistonliklarni vaqtincha qabul qilishni soʻrashmoqda. Ular Tolibon* oʻch olishidan xavotir olishmoqda.
Xoʻsh, nega amerikaliklar ushbu fuqarolarni oʻzlari bilan olib ketishmaydi? Ulgurmayapmiz deb bahona qilishayotgan boʻlsa-da, aslida ular buni istashmaydi. Lekin 9 ming - bu qochqinlarning bir qismi xolos. AQShning maxsus immigratsion vizasi uchun allaqachon 18 mingta ariza berilgan. Oila aʼzolari bilan birga ularning soni 70 mingga yetadi. Buncha qochqin Amerikaga nima kerak?
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Kolumnistlar
Afgʻonistonda tolibon kuchaymoqda – AQShning bunga nima aloqasi bor?
Shu sababli ham ular oʻzlari foydalangan va enli kerak boʻlmay qolgan kishilarni endi Markaziy Osiyoga tiqishtirmoqda. Ularni taʼminlash uchun pul vaʼda qilishmoqda xolos.
Aslida Tolibon ham ushbu kollaboratsionistlarni oʻldirmoqchi emas – ularga amerikaliklar uchun ishlaganidan pushaymon qilsa ham yetarli boʻladi. Tojikiston va Oʻzbekiston Afgʻonistonlik qochqinlarni qabul qilishga rozi boʻlishini tushunsa boʻladi.
Qobulning yangi hukumati okkpantlar uchun ishlashga tayyorlangan siyosiy kadrlarga boshpana berilishidan, albatta, norozi boʻladi.
“Siz amerika bazalarini oʻz hududingizda joylashtirmadingiz, Amerika razvedkasi Afgʻonistonda ishlashi uchun sharoit yaratib bermadik deyapsiz. Unda AQSH uchun ishlagan minglab afgʻonlar sizning yurtingizda nima qilayapti? Ular AQShning puliga dam olayaptimi? Yoki Afgʻonistonga qarshi qoʻporuvchilik faoliyati olib borayaptimi?”, - degan savollar berilishi tabiiy va bunday savollarga javob topish qiyin boʻladi.
Eng asosiy xavf esa, ushbu respublikalarning oʻzi uchun paydo boʻlishi mumkin. Ayniqsa Oʻzbekiston uchun. Amerikaliklar ushbu respublikani uzoq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo kaliti sifatida qaramoqda. Bir necha ming “mijozlar” (qochqinlar) kiritgandan soʻng, Toshkent maxsus oʻqitilgan amerikalik mutaxassislar uchun ham eshiklarini ochishga majbur boʻladi.
Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, NNTlar va turli-tuman “demokratiya fondlari” mutaxassislarining barchasi Oʻzbekiston emas Amerika uchun faoliyat olib boradi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Siyosat
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi maʼlum boʻldi
Soʻnggi besh yil davomida ochiqlik siyosati, “qayta tugʻilish” va barcha sohalarda islohotlar olib borayotganmamlakat uchun bunday “desant”ning xavfi katta boʻlishi mumkin.
“Amerikalik doʻstlar” uchun esa 40 millionli xalqning taqdiri – muhim emas. Agar vaziyatni tebratish ularning qoʻlidan kelsa – ular hech oʻylamay buni amalga oshiradi. Chunki Rossiyadan farqli oʻlaroq, AQShni Markaziy Osiy bilan hech narsa bogʻlab turgani yoʻq. Ushbu hududning tinchligi, xavfsizligi va faravonligi uchun ular oʻzlarini javobgar deb hisoblashmaydi. Afgʻoniston bunga yaqqol misol boʻlishi mumkin.
Lekin Rossiyadan faqat umid qilish bilan ish bitmaydi – yaqinda YEOIIda kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston oʻzining KXSHTda ishtirokini tiklashi kerak. Hozir koʻp qirrali oʻyinlar va hech kimga qoʻshilmaslik siyosatining vaqti emas. Bunday siyosatning yutuqlari koʻp boʻlsa ham.
Ukrainaning 2014 yilga qadar olib borilgan siyosatini eslash kifoya. Oʻshanda Viktor Yanukovich bir vaqtning oʻzida ham YEI ham YEOIIda boʻlishni, ham Rossiya va ham Gʻarb bilan doʻstlashishni istagan edi.
Bugungi vaziyatda ham “amerikancha orzuga” ishonib koʻp milliardli investitsiyalar olish ilinjida boʻlish mumkin, lekin oxir oqibat bir necha ming “amerika” afgʻon qochqinlari va mustaqillikni yoʻqotish xavfi ostida qolish mumkin.
*Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi tashkilotlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala