Kolumnistlar

Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etyapti

© AP Photo / Sidiqullah KhanBoyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF)
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar prezident saroyi ustida oʻz bayrogʻini koʻtardi va jahon hamjamiyatining aksar davlatlari tomonidan tezda eʼtirof etilishi ehtimoldan yiroq boʻlgan Afgʻoniston Islom Amirligi tashkil etilganini eʼlon qilishga hozirlanmoqda.
Afgʻoniston oʻzining koʻp asrlik tarixida eng katta toʻntarishlardan birini boshdan kechirmoqda. AQSH va alyans qoʻshinlari chiqarilishi boshlanganidan soʻng, Islom Respublikasi rasmiy hukumati hukmronligi atigi toʻrt oycha davom etdi. "Tolibon"* 16-avgust kuni oʻz gʻalabasi va 20 yillik urush tugaganini eʼlon qildi, lekin mamlakatdagi zoʻravonlik darajasi "jihod" davom etayotganidan dalolat bermoqda.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Rossiya
Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarilishi shartini aytdi
Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy turbulentlik Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar xavfsizligi uchun yangi tahdidlarni tugʻdirmoqda. KXSHT mamlakatlari xavfsizlik tahdidlariga - qochqinlar oqimi, narkotrafik, ekstremistik mafkura eksporti va chegaradagi qurolli provokatsiyalarga adekvat javob berishga tayyor.
"Tolibon"* oʻtgan shanba va yakshanba kunlari Afgʻonistonning oʻn beshdan ortiq maʼmuriy markazlarini egallab oldi va bugun barcha yirik shaharlar, jumladan, poytaxt - Kobulni (15 avgustda bosib olingan) nazorat qilmoqda. Islom Respublikasi prezidenti Ashraf Gʻani, Afgʻonistonning yagona marshali Abdul Rashid Doʻstum singari mamlakatni samolyotda tark etdi. 16 avgust kuni kechki payt holatiga koʻra, na Gʻani, na Doʻstumning qayerdaligi haqida rasmiy tasdiqlar eʼlon qilinmadi. Markaziy Osiyoning uchta mamlakati - Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻiston ichida Afgʻonistonning sobiq prezidenti boʻlgan layner ular hududiga qoʻnmagani haqida bayonot berdilar.
Bu orada Afgʻonistondagi gʻalabali "jihod" turli mamlakatlardagi terrorchilarni faoliyat doirasini kengaytirishga va hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishga undashi mumkin.
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston hududida afgʻon Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi
AIR Hukumat armiyasi va narxi 70 milliard dollarga baholangan davlat xavfsizlik tizimi deyarli yoʻq qilindi - u bilan qoʻshib dunyodagi eng yaxshi sanalgan NATO standartlari boʻyicha qoʻshinlarni tayyorlash tizimi haqidagi afsona ham barham topdi. Amerikaliklar oʻqitgan bir necha yuqori martabali afgʻon ofitserlari ham jangarilar tomoniga oʻtib ketdi.
Toliblar prezident saroyi ustida oʻz bayrogʻini koʻtarishdi va jahon hamjamiyatining aksar davlatlari tomonidan tezda eʼtirof etilishi ehtimoldan yiroq boʻlgan Afgʻoniston Islom Amirligi tashkil etilganini eʼlon qilishga hozirlanmoqda.
Etnik tojiklar yashaydigan Panjsher provintsiyasigina hozircha "Tolibon"ga qarshilik koʻrsatayotgan oʻchoq boʻlib qolmoqda.
Mamlakatdagi xavfsizlik – eng past koʻrsatkichdan ham quyiroqqa tushgan. Shunday boʻlsa-da, urush - terrorchi tashkilotning asosiy mavjudlik shakli boʻlib qolmoqda. Eslatib oʻtamiz, toliblar Rossiya va BMTda hozircha boshqa maqomga ega ham emas.
Hatto "Tolibon"* harakati "Al-Qoida"* va "Islom davlati - Xuroson"*dagi islomchi-raqiblariga qarshi kurashadigan taqdirda ham bu bir necha yillarga choʻziladigan jangovar harakatlar deganidir.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Kolumnistlar
Shok va dahshat: dunyo Afgʻonistonda oʻz taqdirini koʻrdi
"Tolibon"* jangchilarining islom amirligi davlat tuzilmasiga transformatsiyasi (integrallashuvi) ylanishi (integratsiyasi) - bu koʻplab nomaʼlum asoratlarga ega boʻlgan va yaxshi oʻrganilmagan texnologiyadir. Oʻrta yoshli afgʻonlar toliblar ilk marta hokimiyat tepasiga kelgan va "yangicha tartib" oʻrnatgan 1996-2001 yillardagi ogʻir davrni yaxshi eslashadi.

Qobuldagi sarosima

Biz kollektiv Gʻarb, Pentagon va NATOning eng katta geosiyosiy magʻlubiyati va sharmandaligiga guvoh boʻlyapmiz - Qobul islom demokratiyasi haqidagi "amerikancha orzu" bilan abadiy vidolashmoqda va yana oʻrta asrlar amirligiga shoʻngʻiyapti. Bryusselda esa, oxirigacha, Afgʻonistondagi vaziyatni goʻyo unga taʼsir qila oladigandek muhokama qilishmoqda.
AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va boshqa koʻplab Gʻarb davlatlari Afgʻoniston poytaxtidan oʻz elchixonalarini shoshilinch evakuatsiya qilishmoqda. Pentagon izchillik bilan "qutqaruvchi" kuchlarini kuchaytirmoqda, 6000 harbiy xizmatchi amerikalik diplomatlarni evakuatsiya qilish bilan band - bu ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar koʻproqni tashkil etmoqda.
AQSH armiyasi vertolyotlari Qobul markazidagi elchixona majmuasidan shattl marshruti yordamida aeroportgacha oʻz xodimlarini tashimoqda. Vashington oʻz elchixonasini toʻliq evakuatsiya qilish va maxsus immigratsion vizalarni olish huquqiga ega boʻlgan ittifoqchilarni (afgʻonlarni) evakuatsiya qilish uchun 72 soat vaqt ajratgan.
Qolgan kollaboratsionistlar taqdiri esa oldindan ayon boʻlganidek achinarli. Bu yerda gap 350 mingga yaqin hukumat kuchlari haqida bormoqda (hozircha ularga uy-uylariga tarqalishga ruxsat berilgan).
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Foto
Hukumat oʻzgargan Afgʻonistondagi vaziyat qanday
Qobuldagi va Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportdagi vaziyat halokatli: minglab afgʻonlar mamlakatni tark eta olishmayapti - bu yerda ularning aksariyatini amerikaliklar bilan hamkorlik qilganligi uchun toliblar qoʻlida oʻlim kutmoqda. Qobuldan amalga oshiriladigan barcha tijorat reyslari toʻxtatilgan, aeroportla vaqti-vaqti bilan oʻq ovozlari eshitilmoqda, tinch aholi orasida qurbonlar bor.
Uchish -qoʻnish yoʻlagida Pentagon vakillaridan tashqari Buyuk Britaniya, Turkiya va Ozarbayjon harbiy xizmatchilari ham tartibni saqlashga harakat qilishmoqda. Shunday taassurot uygʻonmoqdaki, toliblar hozircha qochqinlarga uchib ketishga ruxsat beryapti, biroq xorijiy qoʻshinlarning Kobul aeroportida hozirligi uzoq davom eta olmaydi.
Jangarilar hukumat armiyasining bir nechta yirik harbiy bazalari va arsenallarini egallab olishgan va har xil qurollarga, jumladan, hujum samolyotlari va vertolyotlariga ega. "Tolibon"* safida bugun turli manbalarga koʻra 75 mingdan 120 minggacha jangari bor.
AQShning afgʻon ittifoqchilari oʻzlarini aldangan his etishmoqda. TheWashington Post nashrining qayd etishicha, toliblarning hokimiyatga shiddatli kelishi, butun dunyodagi ittifoqchilar orasida amerikancha xavfsizlik kafolatlarining mustahkamligiga shubha tugʻdiradi (Rossiyaning Suriyadagi ittifoqchilarni qatʼiy qoʻllab -quvvatlashi bunga kontrast yaratmoqda). Gʻarb dahshatda afgʻon qochqinlarining yangi oqimini kutmoqda.

KXSHT diqqatni jamlamoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga afgʻon yoʻnalishida tahdidlarni qaytarish uchun harbiy instrumentlar kerak boʻlishi mumkin. Toliblarning oʻrta muddatli istiqboldagi gʻalabalari qoʻshni davlatlarda, ayniqsa "harakat" ning mafkuraviy tarafdorlari koʻproq boʻlgan Tojikistonda terrorchilik faolligi oshishini yuzaga keltirishi mumkin.
Kelgusi oylarda tojik-afgʻon chegarasi yaqinida oʻtkaziladigan KXSHT Kollektiv kuchlar mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda. KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas 16 avgust kuni Afgʻoniston boʻyicha bayonot berdi.
Asosiy nizomlar:
mamlakatda hukumat oʻzgarishi KXSHT kollektiv xavfsizligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga sezilarli taʼsir koʻrsatadi;
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Dunyoda
Shoygu KXSHTni Afgʻonistondan jangarilar hujumiga shay boʻlib turishga chaqirdi
Tashkilot tojik-afgʻon chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, KXSHT davlatlari xavfsizligini taʼminlash eng ustuvor vazifadir;
tojik kuch tuzilmalari chegaradagi vaziyatni toʻliq nazorat qilishmoqda, KXSHT mexanizmlarini ishga solish uchun zarurat hozircha yoʻq;
Tojikiston Respublikasidagi vaziyatning keskin tus olishi va xavfsizligiga tahdid solinsa, ittifoqchiga yordam berish uchun barcha zarur kollektiv choralar koʻriladi;
yaqin oylarda tojik-afgʻon chegarasi yaqinida oʻtkaziladigan KXSHT Kollektiv kuchlarining mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrilmoqda;
Sentyabr oyining oʻrtalarida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida Afgʻoniston atrofidagi vaziyat muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Afgʻonistonda vaziyat oʻtkir tus olishi fonida Qozogʻiston Qurolli kuchlari ogohligi kuchaytirilgan. Bu, birinchi navbatda, maxsus operatsiyalar kuchlari boʻlinmalariga, front va harbiy transport aviatsiyasi, havo mudofaasi mudofaa tizimlariga taalluqlidir. Kuch va vositalarning tunu-kun navbatchiligi tashkil etilgan.
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Asadov Afgʻoniston bilan bogʻliq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi
Qoʻshimcha xavfsizlik choralari mintaqadagi barcha mamlakatlarga (KXSHTga aʼzo boʻlmaganlarga ham) qoʻllaniladi. Oʻzbekiston toliblardan qochgan 84 afgʻon harbiy xizmatchisini Termizdagi nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtkazgani, soʻngra chegarani buzgan afgʻon HHK samolyotini urib tushirgani tasodif emas. Toshkent qurol -yarogʻlarning toʻliq spektri va notinch qoʻshnilarning ehtimoliy harakatlarini hisobga olishga majbur. Aytgancha, jangovar vertolyotlarning bir nechta ekipaji toliblar tomoniga oʻtgan.
Rossiya Markaziy harbiy okrugi qoʻmondoni Aleksandr Lapin "Tinchlik missiyasi-2021" mashgʻulotlariga tayyorgarlik bazasini tekshirmoqda, uning davomidaSHHTga aʼzo davlatlar qoʻshinlari (kuchlari) koalitsion guruhi tomonidan aksilterror operatsiyasi vazifalari ustida mashgʻulotlar olib boriladi.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistondagi urush yakunlanganini eʼlon qildi
"Tolibon"* harakati vakili Afgʻoniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasiga hech qanday tahdid yoʻqligini aytdi. Bunga qaramay, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulovning fikricha, Moskva uyushma tuzumini tan olishga shoshilmaydi: "Tan olish borasida biz hech qayoqqa shoshilayotganimiz yoʻq. Rejim oʻzini qanday tutishini kuzatamiz", - dedi u.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya muammoli qoʻshni bilan yashashga majbur. "Tolibon"* boshqa terrorchi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, bu esa "hamma hammaga qarshi" boʻlgan afgʻon urushining davom etishiga asos boʻlishi mumkin.
* – RFda taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga aʼzo boʻling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala