Kolumnistlar

Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishStroitelstvo vetroparka v Adыgeye
Stroitelstvo vetroparka v Adыgeye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Yevropa shu qishda yo muzlab qoladi yoki energiya narxlari oshishi oqibatida qashshoqlashib qoladi. Yana hammasiga Rossiya aybdormi?
Energetika bozorida soʻnggi vaqtlarda sodir boʻlgan oʻzgarishlar Yevropaning “yashil energiyaga” oʻtish jarayoniga ogʻriqli zarba berdi. Oʻtgan yil davomida tabiiy gaz narxi 10 baravar oshdi va uning ortidan deyarli hamma narsaning – elektr energiyasi, yoqilgʻi, transport va oziq-ovqat narxlari ham oshdi...
Dastlab oʻzgarishlar birjalarda kuzatiladi, lekin biroz vaqt oʻtib narxlar oshishi oddiy yevropaliklargacha yetib boradi. Eng kamtarona hisob-kitoblarga koʻra, Britaniyaning oʻrtacha uy xoʻjaligi kelgusi yilda elektr energiyasi uchun 1500 funt (2000 $) qimmatroq toʻlaydi. Rossiya bilan solishtirganda bu olti baravar qimmat degani. Ustiga ustak, Britaniyada 2 mln. uy xoʻjaliklarining hozirgi narxlarda ham toʻlash uchun puli yoʻq.
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.12.2019
Analitika
Yevropa aholisi Rossiya va YEI oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi
Xoʻsh bunday vaziyatda hammaga yoqadigan va Yer sharini asrab avayladgigan “yashil energetika”dan nimalarni kutish mumkin? Afsus va uyat bilan tan olish kerak-ki, shamol va quyosh energiyasining kuchi hozircha, yumshoq qilib aytganda, yetarli emas. Bu yil Yevropada qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan olinadigan elektr quvvati kamaydi. Sabab - shamol kam boʻlgani, bulutli ob-havo va sovuq qish. Oqibatda yanvar oyida YEI ulkan blek-aut xavfi ostida qoldi. Mutaxassislar fikriga koʻra, boʻlajak qish yanada sovuqroq boʻladi.
Xullas, YEIda narxlar keskin oshishiga sabab – aynan mana shu yuqorida keltirilgan omillar boʻldi, ayrim manbaalarda keltirilgan “uglerod izini” kamaytirish emas. Uning ortidan esa energiya manbaalari narxi oshishining oqibatlari ham darhol yetib keldi - bir necha oʻgʻit zavodlari yopildi, yuk tashish narxlari asta-sekin oʻsa boshladi, uglerod chiqindilarini koʻpaytirishida ayblanishdan qoʻrqqan dehqonlar esa oʻz mahsulotlarining narxini faol oshira boshladi. Bularning barchasi ikkita ayanchli oqibat – ishsizlik va oziq-ovqat narxi keskin oshishiga olib keladi.
Bundan mantiqiy xuslosa - yevropaliklar uchun energetik inqirozdan chiqishning yoʻli bitta - Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish, atom elektr stantsiyalariga buyurtma berish, chunki bugungi kunda undan toza va kuchliroq energiya manbalari yoʻq.
Lekin ular bunday qilmaydi – chunki buni amerikalik sheriklar tushunmasligi mumkin. Yevropa rasmiylari oʻzlarining eko-shiorlariga qaramay, ommaviy ravishda koʻmirga oʻtishni boshlaydilar. Koʻmir - ekologik jihatdan eng iflos va eng zararli, barcha olimlar tomonidan haqli ravishda tanqid qilingan yoqilgʻidir. Yevropa esa ekologik jannat oʻrniga, qora tutunli qashshoqlik va 19 asr tomon yoʻl olmoqda.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Kolumnistlar
“Rossiyani jazolash”. Lavrov Rossiya-YEI munosabatlari haqida
Yevropaning oʻrta-sinf aholi qatlami yil davomida rekord qadamlar bilan qashshoqlashib bordi. Narxlar oshishi oʻrta-sinfni butunlay yoʻq qilishi ham mumkin. Masalan 2020 yil sentyabr oyida Britaniyada bolali oilalarning 14 foizida oziq-ovqatga puli yetmas edi.Bu yozda ularning ulushi 24 foizga oshdi.
Hukumat kambagʻallarni qoʻllab-quvvatlashga, maktablarda bepul ovqat berilishi kerak boʻlgan bolalarni hatto kanikul vaqtida ham biroz ovqatlantirishga urinib koʻrdi. Ushbu maqsadda “quruq ratsionlar” (suxoy payok) bolalarning qoʻllariga tarqatildi. Ularning ayrimlarining suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi. Masalan bir haftalik “payok” tarkibiga makaron, ikki banka loʻviya, bir necha boʻlak pishloq, ozroq kartofel, ikkita sabzi va 3ta olma kiritilgan edi.
Och qolgan oilalarga oziq - ovqat uchun markalar ham berildi. Bir hafta davomida bitta kupon uch funt sterlingga oziq-ovqat sotib olishga imkon beradi. Hozir uning qiymati 4,25 funt sterlingga yetgan. Markaga faqat sut, sabzavot, meva, dukkakli, donli mahsulotlar, bolalar ovqatlari sotib olishga ruxsat beriladi.
Goʻsht, baliq, pishloq, jambon, shirinliklar, hatto non mahsulotlari ham yoʻq. Bu pulga, aytaylik, Tesco supermarketidan nimalar sotib olish mumkin? Ikki litr sut, bir -ikki kilogramm kartoshka, bir bosh banan - shu tamom.
Britaniya hukumati buni "sogʻlom ovqatlanish" deb ataydi. Boshqalarga esa bu harbiy kommunizmning och davrlarini eslatadi. "Men ikkita sabzini yashil dumidan koʻtarib boraman", deb yozgan edi oʻsha davr shoiri.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Rossiya
Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YEI laycha rolini oʻynamoqda
Ayrim huquq himoyachilarining aytishicha, bugungi kundagi narxlar oshishi yaqin kelajakda ayrim oilalar uchun bundan ham ogʻirroq kunlar kelishini anglatadi: tez orada ular yo ovqatlanish yo isitish (eating or heating) orasida birini tanlashiga toʻgʻri kelishi mumkin.
Odatda, Britaniyada har qishda oʻn minglab nafaqaxoʻrlar vafot etadi. Isitish xarajatlarini tejash uchun ular kechasi batareyalarni oʻchirib qoʻyishadi. Tongda esa ularni sovuqdan oʻlgan holda topiladi. 2014 yilda 40 mingdan ortiq odam shu tarzda vafot etgan. Kelayotgan qishda esa bunday oʻlimlar soni oshishi kutilmoqda.
Ispaniyada qish biroz issiqroq, lekin oziq-ovqat masalasi yaxshi emas. Birgina Madridda, shu yilning boshida, 186 ming kishi muntazam ravishda oziq-ovqat xayriya banklaridan bepul toʻplamlarni olib ketishgan. Bu oxirgi 25 yilda kuzatilgan eng yomon koʻrsatkich. Oziq-ovqat yetishmayotganlar orasida qariyalar soni tobora koʻpayib bormoqda. Odatda ular oʻz pensiyasini ishsiz qolgan bolalar va nabiralarga berishadi. "Choʻqingan ona" xayriya tashkiloti xabariga koʻra, yordam soʻrab murojaat qiladigan qariyalar soni soʻnggi yil davomida 63 %ga oshgan.
Madridda oziq-ovqat paketlarini tarqatish bilan shugʻullanuvchi San-Xuan de-Dios ibodatxonasining rohibi BBCga xabar qilishiga koʻra, ayrim kishilar uning oldiga shaharning uzoq burchaklaridan piyoda kelishadi va yoʻlga ikki soat vaqt sarflashadi. Sabab – ularning avtobusga ham puli yetishmaydi.
Ajablanarlisi, ular uysizlar yoki giyohvandlar emas – ular oʻz jamgʻarmalaridan ayrilgan va qashshoqlashib qolgan sobiq oʻrta-sinf vakilaridir.
K startu gotov: zaversheno stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok – 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Video
Qarshiliklarga qaramasdan: “Shimoliy oqim-2” qurilishi toʻliq yakunlandi
Elektr energiyasi narxi oshishining yana bir noxush oqibati - bu Yevropa tovarlarini jahon bozorida qimmatlashib ketishi va raqobatbardoshligining tushib ketishi. Yevropa Ittifoqining asosiy bozori har doim Amerika boʻlgan. Aynan bozor yevropaliklarni okean ortidagi homiy bilan harbiy bazalar kabi mustahkam bogʻlab turadi.
Ammo hozir energetika sohasida paradoksal vaziyat yuzaga kelmoqda. Yevropaliklarga “yashil kun tartibini” belgilab bergan Amerikaning oʻzi quyosh va shamol energiyasiga oʻtishga shoshilmayapti. Arzon elektr energiyasi ularga mahsulot narxini past ushlab turib Yevropalikarni bozordan siqib chiqarish imkonini bermoqda. Bu qanchalik shafqatsiz? Bunday uslubni ittifoqchilarga nisbatan ham ishlatsa boʻladimi?
Ammo shtatlar oʻzining sodiq vassallari bilan doimo shunday yoʻl tutmaydimi? Axir "Bolivarning ikkikishini koʻtarishga kuchi yetmaydi."
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala