Kolumnistlar

Rossiyaga qarshi ekoterrorchilarni tayyorlashyapti

© AFP / HENRIK MONTGOMERYPolitsiya zaderjivayet uchastnikov ekologicheskoy aktsii protesta v Stokgolme, Shvetsiya
Politsiya zaderjivayet uchastnikov ekologicheskoy aktsii protesta v Stokgolme, Shvetsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.10.2021
Amerikaning eng nufuzli OAVlari oʻz nomi u qanaqaligini aytib turuvchi “Quvurlarni qanday portlatsa boʻladi” kitobi va uning muallifi Andreas Malmni qoʻqqisdan piar qilishga kirishishdi.
TOSHKENT, 18 okt – Sputnik. U oʻziga xos personaj. Uning tugʻilgan kuni aniq maʼlum emas – hozir u 43 va 46 yoshlar atrofida. Malm – Shvetsiya sotsialistik partiyasi faxriysi, Lund universiteti dotsenti hamda dunyo inqilobiga va “eko-leninizm 2.0” qurishga davʼat etuvchi ekolog-ekstremist.
Albatta, hamma narsani qanday portlatib yuborish, tortib va boʻlish olish mumkinligi haqida kitobchalar yozuvchi bunday ziyoli soqollilar Yevropada toʻlib toshib yotibdi. Odatda ular qandaydir olisdagi oliygohlarda bemaʼni hayot kechirishadi. Biroq massmedia aynan Malmani xuddi u Benedikt Kambertetchdek superyulduz qiladi.
Malm ekologiya uchun kurashishini oʻrtoqlari bilan birgalikda Stokgolmning badavlat tumanlariga kelib, qimmatbaho jiplarning shinalarini teshishdan boshlagan. Malm “New Yorker” intellektual jurnaliga bergan intervyusida qoʻporuvchilik texnikasini batafsil bayon qilib beradi. Maʼlum boʻlishicha, bu shunchaki oddiy ish emas ekan, oʻziga yarasha nozik tomonlariga ega ekan.
Miting s uchastiyem ekoaktivistki Gretы Tunberg v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Kolumnistlar
Greta Tunberg endi kerakmas, undan voz kechishdi
2000 yil boshida “ekologlar” Shvetsiyada bir necha ming jiplarga shikast yetkazishdi. Oʻshandan buyon bu ommaviy moda tusiga kirdi. Toza havo uchun kurashuvchi bezorilar muntazam Londondan tortib Los-Anjelesgacha badavlat mahallalardagi qimmatbaho jiplar shinasini teshib, tirnab ketishmoqda.
Shvetsiyalik oʻrtoqlarning ehtiyotkorligiga baho bering. Malm doimo Lenindan iqtibos keltirishi va qandaydir abstrakt “superboyvachchalarni” boʻralab soʻkishiga qaramasdan, uning miyasiga haqiqiy shved oligarxlarining yaxtalariga yoki xususiy samolyotlariga chang solish kelmadi. Siyosiy his-tuygʻu unga qoʻriqchilar shunchalik doʻpposlashi va uni hatto tuqqan onasi taniyolmasligini shipshitib qoʻygan. Huquqshunoslar esa qamoqda chiritishadi. Ekologiya haqida oʻylashga fursat ham boʻlmaydi.
Yoʻq, oʻrtoqlar anglagan holda aynan hech kim tomonidan qoʻriqlanmaydigan oʻrta toifadagi shvedlarning avtomobillariga eʼtiborlarini qaratishgan. Ular jiplar koʻp yoqilgʻi sarflashi va tabiatga zarar yetkazishini bahona qilib olishgan. Shunii qiziqki, Malm va uning oʻrtoqlariga qarshi birorta ham jinoiy ish ochilmagan. Shvedlar qimmatbaho mashina olmay qoʻyishdi. Ular birdaniga modadan qoldi.
Pitomnik prutnyaka ryadom s xurulom v Arshani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.06.2021
Iqtisod
Rossiya olimlari tajribasi yerlarning dashtu biyobonga aylanishini toʻxtatishda yordam beradi
“Aynan shu payt Al Gor bizga qiziqish bildirib qoldi”, - deya hikoya qiladi “ekolog”. Qiziqish bildirmay qayoqqa ham borardi. Azaliy amerikalik siyosatchi va omadli investor turli yashil tashabbuslar ustidan yuz million dollarlab ishlab olgan. Malm Shvetsiyada bezorilik qilib yurgan paytda Nobel mukofoti sovrindori va koʻzga koʻringan ekologiya kurashchisi Al Gor doʻsti Genrik Fiskarning qimmatbaho elektromobil ishlab chiqaruvchi firmasi uchun kredit izlayotgandi.
Bu yerda esa hammasi juda bir-biriga mos kelib qoldi: parketniklarga qarshi kampaniya, matbuotdagi shov-shuv. Omma ekologik boʻlmagan jiplar oʻrniga elektrokarlarga sarmoya kiritishga qiziqib qoldi. Kredit bir zumda topildi. Yana qancha deng: yarim milliard dollardan koʻproq. Keyin, rosti, elektrokarlarning omadi yurishmadi. “Fisker” bankrotlik yoqasiga kelib qoldi, lekin tolmas Gor yangi bizneslar bilan shugʻullanib ketdi.
Oʻshandan buyon Malm elita oʻquvchilar bilan taʼminlandi. Uning kitoblari esa turli tillarga tarjima qilinib, xayrixohlik taqrizlarga ega boʻla boshladi.
“Qoʻzgʻolondagi sustkashlik oʻlimga teng”, - Malm Lenin iqtibosini har doim takrorlab keladi. U koronavirus Birinchi jahon urushiga oʻxshaydi deb hisoblaydi. Bugungi kunda haqiqiy ekojangchilarning vazifasi – pandemiyani siyosiy inqirozga oʻtkazish. Bu yerda, maʼlumki, namoyishlar va plakatlar kamlik qiladi. Iqlim sammitlari, bayonnomalar, norozilik namoyishlari, hatto Greta Tunberg - bari ish bermayapti. “Dunyo olov ichida”. Unga zudlik bilan inqilobiy kuch ishlatish kerak.
Ugol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Analitika
Rossiya yoqilgʻisi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda
Kuch ishlatish choralaridan Malm gaz va neft korporatsiya top-menejerlarini garovga olishni taklif qilmoqda. Yakun tariqasida neft va gaz quvurlarini portlatish. Bularning bari ekolog-anarxist bayonida “ziyoli sabotaj” deb ataladi.
“Lekin kechirasizu, - deya fikr bildiradi “New Yorker” jurnalisti, - gaz quvuridagi har qanday avariya gaz narxining koʻtarilishiga olib keladiku, demak elektr energiyasi narxi ham oshadi. Bu avvalo qashshoq kishilarga zarba boʻladt...”
- Ha, shunday, - deb koʻzlarini pirpiratmasdan javob beradi Malm. – Odamlarning biro uzoqlashini xavfi bor... Iqtisod uchun ham xafv bor... Lekin sabojash akti iqlim oʻzgarishi vaqtiga toʻgʻri kelsa, unda bizning yaxshigiga imkoniyatimiz bor. Odamlar hammasini tushunadi va biz xalqning koʻmagiga ega boʻlamiz”.
Demak, zamonaviy ekojangchilar bolsheviklarcha kun tartibini aynanligini aksincha qiligan. Lenin va uning vorislariga qanday munosabatda boʻlishmasin, biroq ular davrida Rossiyadagi millionlab nochor odamlar turmushi haqiqatdan ancha yaxshilandi. Ular taʼlim olishdi, tibbiyotdan foydalanishdi, munosib maosh olishdi, oʻsha davrdagi misli koʻrilmagan ijtimoiy huquqiga ega boʻlishdi.
Yevropaliklarning nevaralari yaxshi yashashi uchun ularning oʻzlariga juda yomon kun kechirish taklif qilinmoqda. Hozirning oʻzida, kechiktirmasdan. Bu qanday roʻy beradi, bugungi kundagi energetika inqirozi misolida bu yaqqol namoyon. Malm oʻrtoqlari bilan boʻlib oʻtayotgan voqealarni maʼqullashmoqda. U “yomon” gaz narxi kaltafahm yevropaliklar uni sotib olishni bas qilishlari va yashil energiyasga oʻtishlari uchun ataylab koʻtarilmoqda deb hisoblaydi.
Energetika inqirozi amerikalik kompaniyalarga Britaniya bozoriga kirishga va u yerdan mahalliy kompaniyalarni siqib chiqarish imkonini berdi. Odatlanib qolgan ekojangchilarining norozilik namoyishlari va janjalli bayonotlari bu zerikarli tarzaktsiyalardan diqqatni chalgʻituvchi ajoyib harakat boʻldi. Buning natijasida amerikalik firmalarning hisoblariga ingliz pullari yogʻildi.
Belыy dom. Vashington - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Dunyoda
AQSH iqlim boʻyicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi
Albatta, bularning barini tuzatsa boʻladi. Angliyani Amerika kapitalidan qutqarib boʻlmaydi endi, lekin kontetinental Yevropa “Shimoliy oqim – 2” orqali gazni oʻziga ulab olgan boʻlishi mumkin edi. Ehtimol, bunday holatga ham ekodiversantlarning jangovar guruhi hozirlanmoqda.
Aytgancha, “ekoterrorchi” – bu umuman haqorat emas. Bob Xanter Greenpeace boʻyicha oʻz safdoshlarini shunday deb atagandi. U yana oʻz hamkasblarini ekofashistlar deb ham atagan. Qiziq, nima sababdan?
Rossiya kompaniyalari allaqachon ekojangchilarning xavfli qoʻporuvchilik holatlariga duch kelishgan. Eng shov-shuvli ish Greenpeace tomonidan tashkil etilgan “Prirazlomnaya” burgʻulash platformasini egallab olishga urinish boʻlgan. Hozir, koʻrib turibmizki, jangchilarning yangi avlodi oʻsgan. Ular “sayyorani qutqarish” uchun ham tabiat, ham olamlar hayotini xavf ostiga qoʻyishga tayyorlar.
FQB allaqachon Greenpeace, PETAning koʻplab vakillari, turli zoohimoyachilar va ekojangchilarni xavfli terrorchilar roʻyxatiga kiritib boʻlgan. shtatlar ekodiversantlarni faol koʻpaytirib oziqlantirib kelmoqda, ammo ular oʻzga hududda ishlarini qattiq nazorat qilishmoqda – Amerika manfaatlaridagi ishlar uchun, albatta.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala