Kolumnistlar

AQSH qoʻlidan NATO sherikligi orqali Oʻzbekistonni “siquvga olish” keladimi?

© AP Photo / Alex BrandonKapitoliy
Kapitoliy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Oʻzbekiston AQSH HHK bazasi yoki aksilterror markazini joylashtirish uchun eng qulay Markaziy Osiyo mamlakati boʻlib qolmoqda. Maqsad Afgʻonistonni nishonga olish. Shu bois Amerika va NATO “sheriklarining” Toshkent bilan munozaralari davom etmoqda.
Bryusselda 26 oktyabr kuni Oʻzbekistonning NATOdagi missiyasi rahbari Dilyor Hakimov Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibining siyosiy va xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha maxsus vakil Xavyer Kolomin hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Suhbatdoshlar NATOning “Tinchlik yoʻlidagi hamkorlik” dasturi va boshqa masalalarni koʻrib chiqishdi. Shu bilan birga Oʻzbekiston tomoni NATOda zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda, tomonlar uchun manfaatli boʻlgan masalalarda muhim hamkorni koʻrishi va hamkorlikni kengaytirishni olqishlashini taʼkidladi. Qolaversa, Dilyor Hakimov Oʻzbekiston Qurolli kuchlari islohotlari, harbiy xizmatchilarning kasb mahorati va malakasini oshirish, ularni psixologik tayyorlash haqida soʻzlab berdi.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Dunyoda
RF Afgʻoniston qoʻshnilarini AQSH va NATO kuchlarini oʻz hududiga kiritmaslikka chaqirmoqda
Har holda, Bryusselda muloqotlar faollashishi faqat Qoʻshma Shtatlarning mintaqada jangovar aviatsiasini joylashtirish uchun yangi nuqtani izlashni davom ettirishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Toshkentning Amerika harbiy bazalarini Oʻzbekiston hududida joylashtirishning imkoni yoʻqligini haqidagi rasmiy bayonotlariga qaramaydan intriga saqlanib qolmoqda, savdolashish mumkin. Pentagon va NATO uchun Afgʻoniston va KXSHT mamlakatlariga qoʻshni boʻlib joylashgan Oʻzbekiston juda qulay. Bunday geografiya qimmat turadi, eng muhim va yakuniy geosiyosiy qarorlar esa Toshkentda har holda prezidentlik respublika TIV yoki Mudofaa vazirligi darajasida qabul qilinadi.
Oʻzbekiston koʻplab sobiq Sovet ittifoqi respublikalari kabi NATO bilan 1990 yildan buyon “tinchlik yoʻlida” hamkorlik qilib keladi – maslahatlashuvlarda, delegatsiyalar bilan almashishda va hatto AQSH hududidagi qoʻshinlarning qoʻshma mashgʻulotlarida ishtirok etadi. Har holda oʻtgan 20 yil davomida oʻzbek harbiy xizmatchilari qoʻllarida qurol bilan gruzinlar, ukrainlar va boshqalar singari Afgʻonistonda Pentagonga “yordam” berishmadi. Aksincha, AQShning sharmandali yakuni yaqinlashgan sari Toshkent toliblar “siyosiy ofisi” bilan konstruktiv aloqalarni muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyishni, oʻzbek-afgʻon iqtisodiy loyihalarni jadallashtira boshladi. Bugun Toshkentning Pentagon va “Tolibon”* bilan bir vaqtning oʻzida oʻzaro monand munosabatlari rivojlanishini tasavvur qilish qiyin, ertaga nima boʻladi?
Shtab-kvartira Ministerstva oboronы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Pentagon Oʻzbekistonda "aksilterror" bazalarni joylashtirmoqchi - OAV

Hamjihat boʻlmagan qarashlar

Toshkentning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti ehtimoliy qaytishi haqida fikr dolzarbligicha qolmoqda, biroq ishning mohiyati bunda emas. Blokka aʼzo boʻlmagan Oʻzbekiston KXSHT javobgarligidagi mintaqada joylashgan, yaqin qoʻshnilari va Rossiya bilan munosabatlarni, jumladan, harbiy va harbiy texnik hamkorlik sohasida izchil rivojlantirmoqda.
Avvalroq oʻzbek qoʻshinlari SHHT va KXSHT qoʻshma mashgʻulotlarida qatnashgandi. Toshkent 15 sentyabr kuni bir ovozdan Afgʻonistonda boʻlgan AQSH va NATO harbiy infratuzilma obʼyektlari hamda afgʻon kollaboratsionistlarni KXSHT mamlakatlari hududida joylashtirilmasligini maʼlum qilgan qoʻshnilarining pozitsiyasini inobatga olmasligi mumkin emas.
Vtoraya vstrecha ministrov inostrannыx del sosednix stran po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kim nima taklif qildi: Afgʻonistonga qoʻshni davlatlar Tehron sammiti
Qayd etish joizki, Moskva qoʻshnilarga oʻz tavsiyalarini zoʻrlab oʻtkazmaydi, lekin Pentagonning Markaziy Osiyoda joylashishidan mutlaqo manfaatdor emas. Rossiyaning asosiy dalili: Afgʻonistondagi terrorchilarga uning hududidan zarba beriladigan mamlakatning oʻzi “Islom davlati”*, “Al Qoida”* va boshqa terorrchilik tashkilotlar uchun avtomatik ravishda nishonga aylanadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 27 oktyabr kuni Tehrondagi Afgʻonistonga qoʻshni mamlakatlar uchrashuvida yana bir bor “oʻz hudida afgʻon zaminidan ketgandan soʻng u yerga koʻchishni rejalashtirayotgan AQSH va NATO kuchlarini boʻlishiga yoʻq qoʻymaslikka” chaqirdi. Afgʻonlar bugungi kunda yangi bombardirovkalarga emas, balki koʻproq insonparvarlik yordamiga muhtojlar.
Shunday boʻlsada, mintaqiviy qoʻshnilarning pozitsiyasi hamjihat yaxlit emas. Islomobod ikkilanib turibdi, 22 oktyabr kuni AQSH HHK foydalanishiga oid muzokaralar oldinga siljigani haqidagi xabar paydo boʻldi – hududdan emas – “Pokistonning havo maydonidan”. Mintaqadagi vaziyatni nazorat qilish (razvedka) va Afgʻonistonda harbiy amaliyotlar oʻtkazish uchun. Goʻyoki oʻtgan 20 yildagi amaliyotlar faolligi Pentagonga yetmagandek. Amerikaliklar Toshkentga ham qulay va ajoyib “qoʻshma aksilterror markazi” kabi taʼriflar bilan hamda turli sohalarda kattagina moliyaviy yordam va salmoqli imtiyozlar taklif qilishi mumkin. Ikki suveren mamlakatlarning afgʻon yoʻlashida oʻzaro foydali hamkorlik uchun asos topish qiyin emas.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Dunyoda
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Misol uchun, soʻnggi kunlarda Pentagon yaqin kunlarda ISHID* va “Al Qoida”*ning qurollangan otryadlari tomonidan “tashqi amaliyotlar” oʻtkazilishi mavzusini faol ishga solmoqda. BND nemis razvedkasi ham 28 oktyabr kuni Afgʻonistondan Yevropaga jangarilarning kirishi tahdidi haqida ogohlantirdi. Narkotrafikka qarshi kurashish, chegaralarni mustahkamlashdagi koʻmak – AQSH va NATOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligining eng mashhur yoʻnalishlaridan biri.

Tezkor vaziyat

Oʻzbekiston chegaralari yaqinida oktbyar oxirida Milliy qarshilik koʻrsatish fronti yetakchisi kichik Ahmad Masʼudga sodiqlikka ont ichgan “Balx/Qadimiy Baqtriya ozodligi uchun kurashuvchilar” yangi toliblarga qarshi guruhi paydo boʻldi va oʻz manfaatlari va harbiy faolligini (logistika, moliya, kadrlar) chegaradosh oʻzbek hududiga tarqatishi mumkin. “Qadimiy Baqtriya”dagi ozodlik uchun kurashi anʼanaga koʻra Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga chiqmoqda.
Oʻzbekiston milliy xavfsizligiga mavjud tahdidlar faqat Afgʻonistondan kelib chiqmoqda va oʻnlab terrorchilik tashkilotlari jangarilarining faolligi oʻsishi – mintaqadagi sogʻlom barcha kuchlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun jiddiy asos. Yaqinda roʻy bergan misol – koʻchib yuruvchi “Islom davlati”* terrorchilari 26 oktyabr kuni Iroqda qirgʻin-barot uyushtirdi: 15 kishi halok boʻldi va 17 kishi yaralandi.
Ammo terrorizmning sarchashmlarini yodga olish zarur: ISHID* “chaqiriq resurslari” 2003 yilda Iroqqa amerikaliklarning bostirib kirishidan keyin hukmronlik mavqeini yoʻqotgan sunniy arablar boʻldi. Pentagon va terrorizm chambarchas bogʻlangan, hatto sulh bitimi imzolangandan keyin. Mustahkam tinchlikni AQSH HHKni jalb qilmasdan qurish mumkin va qurish lozim.
Amerikanskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Siyosat
Toshkent Pentagon delegatsiyasining tashrifi yuzasidan rasmiy soʻrov olmagan – Mudofaa vazirligi
Qatar poytaxtida 28 oktyabr kuni 14 ta mamlakat vakillari va elchilari Afgʻonistonning vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashishdi. Muzokaralar Afgʻonistonning AQShdagi moliyaviy zaxiralarini bloklashdan chiqarish va “Islom Amirligini” tan olishga bagʻishlangan edi. Xalqaro hamjamiyat yordam berishga vaʼda bermoqda.
Bugun eng muhimi afgʻonlarga yaxshi turmush sharoitlarini yaratish, migratsiya oqimining oldini olish – faqat shunda terrorchilar Afgʻonistondan qochoq koʻrinishida chegaradosh mamlakatlarga kira olishmaydi. Pentagon – koʻmakchi emas, buzuvchi. AQSH yoki NATO harbiy infratuzilmasini Afgʻoniston yaqinida joylashtirish barcha Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari uchun umuman yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat.
Vashington Oʻzbekiston bilan harbiy loyihalar yoki obʼyektlar shaklida strategik sheriklikni mustahkamlash umidini soʻndirmaydi – mintaqadagi tanlov cheklangan. Oʻylashimcha, AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) hali yana Toshkentda bir necha bor paydo boʻladi, ammo amerikaliklarnig qaynoq mintaqadagi vaziyatga boʻlgan taʼsiri toʻxtovsiz kamayib boradi. Axir Pentagonning Afgʻoniston va Iroqdagi omadsizligidan soʻng “yangi urush va magʻlubiyatlar boʻladi” – bu quloq tutish kerak boʻlgan Suriya prezidenti Bashar Asadning bayonoti.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining mudofaa va gumanitar salohiyatini mustahkamlash uchun SHHT va KXSHTning ular ortidan Iroq, Afgʻoniston, Liviya, Yugoslavakiya, Vyetnam, Shimoliy Koreya hamda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlaridagi xarobalari koʻrinmaydigan resurslari bemalol yetadi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaliz Kamilov posetil Kabul s rabochim vizitom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2021
Siyosat
Kamilov: Afgʻoniston jahon hamjamiyatining bir qismiga aylanishga munosib
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala