Iqtisod

Saxo Bank 2022 yil uchun “dahshatli” bashoratlarni eʼlon qildi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы SSHA.
Denejnыe kupyurы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Saxo Bank 2022 yil uchun “dahshatli prognoz”ni eʼlon qildi.
TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Daniya Saxo Bank kelgusi yilda dunyoni qanday muhim voqealar kutayotgani haqida maʼlumot berdi.
Vanga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Jamiyat
Vanga va Nostradamus 2022 yilga nimalarni bashorat qilgan
Kompaniya har yili "hayratlanarli prognozlar"ni eʼlon qiladi. Asosan, ular bir qator kutilmagan va kam baholangan voqealar bilan bogʻliq boʻlib, buning natijasida moliyaviy bozorlar juda kuchli "zarba toʻlqini"ga uchrashi mumkin. Bu bankning rasmiy bozor prognozi emas, balki investorlar uchun ehtimoliy tahdidlar haqida ogohlantirish.

AQSH uchun muammolar

Tadqiqot mualliflarining fikriga koʻra, AQSH kelasi yili kuchli zarbalarni boshidan kechiradi. 2020 yilgi prezidentlik saylovlari koʻplab amerikaliklarni qoʻrqitib yubordi, chunki Donald Tramp dastlab magʻlubiyatni tan olishdan bosh tortdi. Bu koʻplab norozilik namoyishlari va hatto natijalarning rasmiy eʼlon qilishga toʻsqinlik qilishga olib keldi.
Shu sababli, kelasi yil senat va vakillar palatasiga saylovlardan keyin vaziyat jiddiy tus olishi xavfi bor.
“Tomonlardan biri yoki ikkalasi ovoz berishni tasdiqlashga qarshi chiqsa, natijada yangi kongress rejalashtirilgan birinchi kuni – 2023 yil 3 yanvarda tuzilmaydi va yigʻilish oʻtkazilmaydi... 2023 yil boshida katta konstitutsiyaviy inqiroz yuz berishi mumkin", deyilgan prognozda.
 Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Rossiya
Putin Rossiya nima sababdan dollardan voz kechishga majbur boʻlayotganini aytdi
Bundan tashqari, 2022 yil oxiriga kelib, daromadi past boʻlgan amerikaliklar yarmining maoshi 15 %ga oshadi. Bir tomondan pandemiya fonida shakllangan kadrlar taqchilligi, boshqa tomondan kompaniyalarning tanqis bozorda motivatsiyalangan va malakali xodimlarni topishga taʼsir qiladi.
Natijada bu inflyatsiyani yanada kuchaytiradi: 2023 yil boshiga kelib, u Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta yillik 15% dan oshadi. Federal zaxira tizimi "tinchlantirish uchun" pul-kredit siyosatini kuchaytirishga harakat qiladi, ammo qadamlar juda kech boʻladi, deydi ekspertlar.
AQSH Mehnat departamenti maʼlumotlariga koʻra, 2021 yil oktyabr oyida inflyatsiya yillik hisobda 6,2 %ni tashkil etdi - bu soʻnggi 30 yildagi eng yuqori koʻrsatkich.
Iqtisodiy tiklanish, Kongress va Federal rezerv tizimi moliyalashtirishi va taʼminot zanjiri uzilishlari fonida keskin oʻsdi. Federal rezerv tizimi rahbari Jerom Pauell noyabr oyida inflyatsiyani "vaqtinchalik" deyishni toʻxtatish vaqti kelganini tan olishga chorladi.

Yangi sovuq urush

Gipertovushli qurollar fonida anʼanaviy va hatto yadroviy harbiy texnika eski boʻlib qoladi, 2022 yilda Rossiya, AQSH, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Hindistonni oʻz ichiga olgan yirik qurollanish poygasi boshlanishi mumkin, deydi bank ekspertlari.
Suxoputnaya faza rossiysko-kitayskix ucheniy Morskoye vzaimodeystviye - 2017, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi
Prognoz mualliflarining fikriga koʻra, 2022 yilda "moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqadigan boʻlsak" aynan gipertovush va kosmos AQSH va Xitoy oʻrtasidagi chuqurlashib borayotgan raqobatning yangi bosqichi - ikkalasi ham iqtisodiy va harbiy jihatdan "yuragi" boʻladi. Qurollanish poygasiga boshqa yirik derjavalar ham qoʻshiladi.

Tibbiyot sohasidagi inqilob

Olimlar 2022 yilda biotibbiyot sohasida katta yutuqqa erishadilar, bu esa umr koʻrish davomiyligini 25 yilga uzaytiradi, biroq bu keng koʻlamli ekologik va moliyaviy inqirozlarga olib kelishi mumkin, degan fikrda Saxo Bank tahlilchilari.
Yangi vosita qarishni sekinlashtirishi va hatto qarigan hujayralarni yoshartirishi mumkin, shuning uchun kelajakda 80 yoshdagi kishilar yana "50 yoshli" boʻlib qoladi, degan prognoz bermoqda mutaxassislar.

Facebook va Spotify qulashi

Saxo Bank Facebook duch kelgan muammolari vaqt oʻtishi bilan yanada yomonlashishini bashorat qildi.
Facebook i Meta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Kolumnistlar
Facebook ustidan "salib yurishi" boshlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqni nima uchun jazolashmoqchi
Tahlilchilar taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda yosh avlod ijtimoiy tarmoqni tark etdi: agar 2012 yilda oʻsmirlarning 94 % u yerda akkauntga ega boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda - atigi 27 % qoldi. Shu bilan birga, oʻsmirlar allaqachon TikTokda Facebook — Instagramning eng yosh aktivi - ikki-uch baravar koʻproq vaqt sarflashadi.
"2022 yilda investorlar Meta oʻzining yosh avlodini va shu sababli kompaniyaning kelajakdagi salohiyati va rentabelligini tezda yoʻqotayotganini tushunishadi", deyilgan prognozda. Vaziyatni toʻgʻrilash uchun Meta Snapchat yoki TikTok ni sotib olishga harakat qiladi va "qoʻrqinchli Meta koinot yaratish" uchun milliardlab dollar sarmoya kiritadi. "Ular bor kuchlari bilan rejani amalga oshirishga harakat qiladilar, chunki yosh avlod platformani tobora tezroq tark etadi", deb taxmin qilmoqda ekspertlar.
Spotifyda 2021 yilda investorlar orasida keng ommalashgan noaniq token yoki NFTlar texnologiyasi tufayli muammolar boʻlishi mumkin. U oʻz daromadlarini strim xizmatlari bilan baham koʻrishga majbur boʻlgan musiqachilar orasida mashhur boʻlishi mumkin. Blokcheyn-shartnomalari ushbu havolani zanjirdan olib tashlaydi.

Yashil inqilobdan voz kechish

Bank 2022 yilda jahon hamjamiyati energiya taʼminotidagi inqilobni keyinga surishga majbur boʻladi, deb hisoblaydi.
Belыy dom. Vashington - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Dunyoda
AQSH iqlim boʻyicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi
"Xoʻjalik narxlarining koʻtarilishidan kelib chiqadigan inflyatsiya tahdidi va yashil energiyaga oʻtishning muddatlari tufayli “iqtisodiy lokomotiv”ning qulashi xavfini bilgan siyosatchilar iqlimni normallashtirish boʻyicha maqsadlaridan voz kechishadi", - deyilgan prognozda. Ishlab chiqaruvchilarni "oʻrtacha narxlarda yetarli taʼminot bilan taʼminlash" maqsadida neft qazib olish uchun 5 yilga va tabiiy gaz uchun 10 yilga "investitsion byurokratiya"ni yumshatishi kerak boʻladi.
Xalqaro energetika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2050 yilga kelib atrof muhitga zararli moddalarni chiqarishni toza, nolga teng darajaga erishish boʻyicha maqsadida neft va tabiiy gaz isteʼmolini 29% va 2030 yilga borib 10%ga, keyin esa yana keskin pasayishni talab qiladi. Ishlab chiquvchilar allaqachon ishlab chiqarish va qidiruvni qisqartirishni boshladilar, ammo energiya narxi koʻtarildi. Ular bilan birga oʻtish uchun zarur boʻlgan sanoat metallarining narxi ham koʻtarildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala