Mirziyoyev va Toqayev muzokaralari qanday o‘tdi - foto

© Ofitsialniy sayt prezidenta KazaxstanaPrezident Kazaxstana provel peregovori s Prezidentom Uzbekistana v uzkom sostave
Prezident Kazaxstana provel peregovori s Prezidentom Uzbekistana v uzkom sostave - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, tranzit va logistika, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratildi. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish choralari ko‘rib chiqildi.
Kasim-Jomart Tokayev provel peregovori s Prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Toqayev: Qozog‘iston va O‘zbekiston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida deklaratsiya imzolaydi
Shuningdek, global va mintaqa kun tartibida turgan hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakat yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining Davlatlararo Oliy Kengashi, Parlamentlararo hamkorlik kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashini ta’sis etishga kelishib oldilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”, ustuvor yo‘nalishlari va muhim vazifalari belgilab olindi.
Uchinchi mamlakatlardan import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosish orqali zarur mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasi va hajmini salmoqli darajada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjud. Tovar ayirboshlash miqdori jadal sur’atda oshayotgani ham buning tasdig‘idir. Joriy yilda bu ko‘rsatkich rekord daraja – 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Ofitsialniy vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Mirziyoyev Qozog‘iston xalqiga hurmat-ehtirom bildirdi – foto
Ushbu ko‘rsatkichni yaqin besh yilda o‘n milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Shu maqsadda tomonlar tegishli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ulgurji-taqsimlash markazlari va qo‘shma agroklasterlarni rivojlantirishga kelishib oldilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstan
Tomonlar iqtisodiyotning turli sohalarida yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali o‘zaro manfaatli sherikliklikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, energetika, farmatsevtika, qurilish sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda muvaffaqiyatli loyihalar ko‘p. Endilikda qurilish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa ustuvor sohalarda yangi yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Mirziyoyev Japarovni tavallud kuni bilan tabrikladi
Xususan, kuni kecha ishbilarmon doiralar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda umumiy qiymati ikki milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari tayyorlandi.
Bu boradagi sa’y-harakatlarga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlasha maqsadida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma xalqaro markaz tashkil etiladi.
Hududlararo aloqalar hamkorlikni kengaytirishda drayver bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, yaqinda o‘tgan Hududlar forumi natijasida qator kelishuv va savdo shartnomalari imzolandi.
Ikki mamlakatning chegaraoldi hududlariga o‘zaro mahsulot yetkazib berish va yangi kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqishda yanada yaqindan hamkorlik qilishga topshiriq berildi.
Uzbekistan i Kazaxstan podpisali kontrakti na $5,9 mlrd. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2021
O‘zbekiston va Qozog‘iston 5,9 milliard dollarlik shartnoma va bitim imzoladi
Transport sohasi muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Avtomobilda va temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘liq tiklandi, yangi yo‘nalishlar ochildi.
O‘zbekiston prezidenti mamlakatlar va uchinchi davlatlar bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan yangi yo‘laklarni shakllantirish muhim ekanini qayd etdi. Yetakchilar “Uchquduq-Qizilo‘rda” temir va avtomobil yo‘lini hamda “Turkiston-Chimkent-Toshkent” yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘l qurilishi loyihalarini jadallashtirishga kelishib oldilar.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga ham to‘xtalib ztildi. Shu maqsadda o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror, uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish va ikki mamlakat o‘rtasida suv munosabatlarining barcha yo‘nalishlariga oid takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruh faoliyatini davom ettirishga kelishib olindi. Suv tejaydigan yangi texnologiyalarni jadal joriy etish bo‘yicha birgalikda amaliy ishlash, Orolbo‘yida daraxtzorlar barpo etish borasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2021
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga tashrifi oldidan bergan intervyusida nima dedi
Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatlar va mintaqaviy yaqinlashuv g‘oyalarini ilgari surgan holda tashqi siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirdilar. Prezidentlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatini ishtirokchi davlatlar manfaatlariga qat’iy hurmat asosida mavjud salohiyatlardan maksimal darajada to‘liq foydalanish maqsadida takomillashtirish yo‘lida maqsadli ish olib borishga kelishib oldilar.
Gumanitar almashinuvlarni kengaytirish, ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, turizm va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Qozog‘iston prezidenti xalqlarning ma’naviy yaqinligi va ko‘p asrlik do‘stligi ramzi sifatida Nur-Sulton shahrida Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0