20:18 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Mavzu
Dunyoda

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi

7 avgust kuni kechqurun respublika GNKB spetsnazi sobiq prezidentning Koy-Tash posyolkasidagi qarorgohini shturm qilishga harakat qildi, ammo operatsiya boy berildi. Atambayevning tarafdorlari nafaqat shturmga qarshilik koʻrsata olishdi, balki bir necha spetsnazlarni asir olishga ham muvaffaq boʻldilar.

8 avgustda Qirgʻiziston parlamentining favqulodda yigʻilishi boʻlib oʻtdi va unda kuch tuzilmalari harakatiga huquqiy baho berildi, shuningdek, sobiq davlat rahbari va qurol yordamida qarshilik koʻrsatgan uning tarafdorlariga qarshi ayblovlar ilgari surildi.

Qarorgohi ikkinchi marta shturm qilingach, Atambayev hukumatga taslim boʻldi va ayni vaqtda Qirgʻiziston GNKB tergov qoʻmitasida saqlanmoqda.

Sobiq prezident tarafdorlari Bishkek markazida miting uyushtirishga harakat qildilar, ammo tartibni saqlash kuchlari tomonidan ushbu noqonuniy aktsiyaning oldi olindi.

Atambayev qarorgohi oldida politsiyachilar bilan yuz bergan toʻqnashuv davomida umumiy hisobda 90 ga yaqin kishi jabrlandi. Spetsnaz qoʻshinlaridan biri oʻq bilan yaralanishi oqibatida halok boʻldi.