Jamiyat

Goʻsht, yogʻ, sabzi qanchadan sotilyapti? bozordagi narxlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston bozorlaridagi asosiy mahsulotlarning narx-navosini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 16 iyun kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:

Suyakli mol goʻshti

1 kilogramm suyakli mol goʻshtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (45 000 soʻm).
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Iqtisod
Toshkent bozorlaridagi narxlarni nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi
Suyakli mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 68 000 soʻm). Shu bilan birga, mazkur bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastada mol goʻshti minimal 46 000 dan – 55 000 soʻm oraligʻida sotilmoqda.

Qoʻy goʻshti

Qoʻy goʻshtining minimal narxi (50 000 soʻm) kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining Nukus dehqon bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorshdagi arzonlashtirilgan rastalarda roʻyxatga olingan.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (xususiy tadbirkorlar rastalarida 80 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, ushbu bozorda qoʻy goʻshti minimal 60 000 soʻm oraligʻida sotilmoqda.

Kartoshka

Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Fargʻona shahrining Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 soʻm) qayd etilgan.
Reyd skrыtыx patruley DPS v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Jamiyat
“Tonirovka” narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (7 000 soʻm) qayd etildi. Bozorda arzonlashtirilgan rastada sotilayotgan kartoshkani minimal 4 000 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Piyoz

Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 soʻm) roʻyxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 soʻm). Shuningdek, bozorda piyozni minimal 1 500 soʻmga ham xarid qilish mumkin.

Sabzi

Sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozorida (3 000 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorda sabzini maksimal 9 000 soʻmdan xarid qilish mumkin.
Maslo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Iqtisod
Tovar-xom ashyo birjasida paxta yogʻi narxi 12,4 foizga pasaydi
Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori hamda Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (11 000 soʻm) qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 9 000–10 000 soʻmdan xarid qilish mumkin.

Tuxum

Toshkent shahrining Qoʻyliq dehqon bozorida arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 soʻm).
Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2021
Iqtisod
Prezident aholining yogʻ va goʻshtga boʻlgan talabini qondirish boʻyicha koʻrsatma berdi
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Eski joʻva dehqon bozori va Farhod dehqon bozorida qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 14 000 soʻm). Shuningdek, mazkur bozorlarda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 8 000–9 000 soʻmni tashkil etgan.

Guruch

Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Termiz shahrining "Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori"da ("Nukus-2" va boshqa mahalliy navli guruchlar 5 000 soʻm) qayd etilgan.
Vыpusk produktsii iz myasa indeyki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonga kurka goʻshti eksport qilishni boshladi
Maksimal narx esa, Toshkent shahrining Eski joʻva dehqon bozorida 18 000 soʻmdan kuzatildi ("Lazer" guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorlarda guruchning minimal narxlari 6 000 soʻmni tashkil etgan.

Oʻsimlik yogʻi

Oʻsimlik yogʻining minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijon shahrining Yangi bozor dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori va Guliston shahrining Guliston dehqon bozorida (mahalliy paxta yogʻi 14 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlardagi xususiy tadbirkorlar rastalarida paxta yogʻini 15 000–18 000 soʻm oraligʻida ham xarid qilish mumkin.
Ovoщi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2021
Jamiyat
Goʻsht, loviya va mosh - 2020 yilda narxi eng koʻp oshgan mahsulotlar maʼlum boʻldi
Maksimal narxi esa, Yangiyoʻl shahrining "Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori" Toshkent shahrining Oloy bozori, Qoʻyliq dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida (kungaboqar yogʻi 24 000 soʻm) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda kungaboqar yogʻini minimal 16 000–20 000 soʻm oraligʻida ham xarid qilish mumkin.

Shakar

Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining Farhod dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan rastalarda (7 300 soʻm) qayd etildi.
Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Qarshi shahrining Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori, Namangan shahrining Namangan chorsu dehqon universal bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida (9 000 soʻm) kuzatildi.
Myaso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Qozogʻistondan goʻsht va sut mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi
Shuningdek, mazkur bozorlarda shakarni minimal 7 300–8 500 soʻm oraligʻida ham xarid qilish mumkin.
Maʼlumotlarning shakllanish jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala