Analitika

Oʻzbekiston AQSH HHKning "zaxira aerodromi"ga aylanadimi?

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Xorijiy qoʻshinlar Afgʻonistondan chiqarilganidan soʻng Oʻzbekiston AQSH Harbiy havo kuchlarining "zaxira aerodromi"ga aylanadimi?
Qoʻshma Shtatlar Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqargach Oʻzbekistonni Afgʻoniston uchun "kuch toʻplash markazi"ga aylantirishda eng qulay joylardan biri sifatida qabul qilishda davom etmoqda. Qobulning amaldagi hukumatini "ufq ortidan qoʻllab-quvvatlash" maqsadida AQSH Harbiy-havo kuchlarini Oʻzbekistondagi Qarshi-Xonobod aviabazasida joylashtirish toʻgʻrisida ikki tomonlama muzokaralar davom etmoqda. Stavkalar oshirilmoqda. Ijobiy qaror amerika tomoni bildiradigan takliflar jozibadorligi darajasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi taʼqiqlarni yengib oʻtish shakliga hamda KXSHT va Rossiya pozitsiyalariga bogʻliq.
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Kolumnistlar
Afgʻoniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda
Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarning olib chiqarilganidan soʻng "Tolibon"*ning yirik muvaffaqiyatlari fonida Toshkent va Vashington oʻrtasidagi harbiy hamkorlik mustahkamlanmoqda. Oʻzbekiston hukumatining rasmiy vakili 12 avgust kuni amerikaning Air Force Magazine nashriga AQSH HHKning Oʻzbekistondagi bazada joylashtirilishiga doir muzokaralar davom etayotganini aytdi.
2001 yilda AQShning Afgʻonistonda aksilterror operatsiyasi boshlanganidan soʻng, amerika aviatsiyasi 2005 yilgacha Oʻzbekiston janubi-sharqidagi Qarshi-Xonobod aviabazasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelgan. Undan tashqari, Pentagon maxsus operatsiyalar kuchlari, 10-togʻ-oʻqchi diviziyasidan 1000ga yaqin odamlar xuddi shu yerda joylashtirildi. Amerikaliklar ijara uchun yiliga 10 million dollar toʻlashgan.
Air Force Magazine maʼlumotlariga koʻra, bugun Qarshi-Xonobodda Oʻzbekiston HHKning 60-alohida aralash aviatsiya brigadasi joylashgan. Yaʼni parvozlar uchun zarur boʻlgan barcha infratuzilma mavjud. Afgʻonistongacha boʻlgan – 140 kmga yaqin masofa – yetarli darajada xavfsiz zonani taʼminlab, toliblar pozitsiyalari boʻylab (Qatardan amalga oshiriladigan parvozlarga nisbatan) aviazarbalarni amalga oshirish uchun vaqt va yoqilgʻi (mablagʻlarni) kamroq sarflash imkonini beradi.
Treniirovochnыe polyotы voyennыx letchikov na aerodrome Xanabad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2018
Jamiyat
Xonobod aerodromida oʻquv-mashgʻuloti boʻlib oʻtdi
Biroq, AQSH jangovar aviatsiyasining Oʻzbekistonga qaytishi oson boʻlmaydi. 2005 yilning 12-13 mayidagi yuz bergan unutilmas Andijon voqealari, bir qator amerikalik senatorlar va harbiy-havo kuchlarining mustaqil mamlakat ishlariga shaxsiy aralashuvi (oʻzbek qurollangan jangarilari va diniy ekstremistlarni Qirgʻizistonga va soʻngra Ruminiyaga evakuatsiya qilish va h.k.) tufayligina emas.
Konstitutsiya va harbiy doktrina chet el qoʻshinlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirilishiga ruxsat bermaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda maʼlum bir xavfsizlik tizimi ishlab chiqilgan boʻlib, unda har bir davlat oʻz ittifoqchilari va strategik sheriklari, jumladan Rossiya oldida masʼuliyat va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. 2030 yilgacha Rossiya Federatsiyasini asosiy raqib sifatida tayinlagan Qoʻshma Shtatlarning mintaqadagi harbiy mavjudligi Rossiya, KXSHTga aʼzo Markaziy Osiyo mamlakatlari, Oʻzbekiston va Turkmaniston milliy xavfsizlik manfaatlariga javob bermaydi.

Chegara oldi sovuti

Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston Qurolli kuchlari avgust oyining birinchi dekadasida Termiz va Xarb-Maydon poligonida Afgʻoniston bilan chegara yaqinida qator qoʻshma manyovrlarni amalga oshirdilar (https://www.youtube.com/watch?v=Qh4XI-19ugs&t=27s) – mashqlarga maxsus qoʻshinlar, zirhlangan texnikalar, artilleriya, zarba aviatsiyasi jalb etildi. Davlatlar Janubiy strategik yoʻnalishda jangovar integrallashuvni oʻstirib borishga tayyor.
Voyennыe ucheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Infografika
Kuch birlikdadir: MOda harbiy oʻquv-mashqlar
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston KXSHTga qaytishga shoshilmayapti, ammo bu ishni istalgan vaqtda amalga oshirishi mumkin.
Deyarli bir vaqtning oʻzida va Markaziy Osiyodagi vaziyatga alohida urgʻu bergan holda, 10-12 avgust kunlari Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston chegara qoʻshinlarining "Hamdoʻstlik-2021" qoʻshma qoʻmondonlik-shtab mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar havodan parashyutsiz desant tashlash, jangovar oʻq otish taktik mashqlari, dronlardan foydalanish va boshqa tezkor harakatlarni muvaffaqiyatli mashq qildilar. "Hamdoʻstlik-2021" tashqi chegaralarni himoya qilishning yaxlit tizimini mustahkamlashga, MDH mamlakatlari xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Avvalroq, rossiyalik instruktorlar (Suriya harbiy tajribasiga ega boʻlgan Markaziy harbiy okrugning eng yaxshi ofitserlari) Termiz va Sazagan poligonlarida Oʻzbekiston QQ 300 dan ortiq harbiy xizmatchilarini oʻqitishgan. Dastur motooʻqchilar boʻlinmalari tarkibida kunduzi va kechki taktik mashgʻulotlarni, modernizatsiya qilingan BTR-82 qurollari yordamida oʻt ochish tayyorgarligi, granatadan kontrol oʻqlarni otish mashqlari, oʻq otish va artilleriya orqali oʻt ochishni dronlar yordamida boshqarish mashqlarini oʻz ichiga olgandi.
Rossiyskiye voyennыe pribыli na uzbeksko-afganskuyu granitsu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Foto
RF harbiylari "Termiz" poligoniga keldi – ilk suratlar
Oʻzbekiston va Rossiya har yili 70 dan ortiq qoʻshinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi qoʻshma tadbirlarini oʻtkazadi. Toshkent va Moskva oʻrtasidagi harbiy hamkorlik - mintaqaviy barqarorlikni saqlashda eng muhim omil hisoblanadi.
Afgʻoniston Islom Respublikasidagi jangovar harakatlarning shiddati, toliblarning yangi "amirlikni" qurish rejalari - Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosiy pozitsiyalarini yaqinlashtiradi. Ikki mamlakat mudofaa vazirliklari 28-aprel kuni birinchi marta 2021-2025 yillarga moʻljallangan harbiy sohada strategik sheriklik dasturini imzoladilar. Harbiy xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ikkitomonlama tadbirlar, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash, Oʻzbekiston armiyasining jangovar salohiyatini mustahkamlash boʻyicha ikki tomonlama chora -tadbirlar dasturning ustuvor vazifalariga kiradi.
Toshkent Rossiya qurollarining keng spektrida oʻzi uchun zamonaviy zarba samolyotlarini, dunyodagi eng yaxshi havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarini, samarali va ishonchli zirhli mashinalarni tanlaydi.
Qoʻshma Shtatlar-chi, Oʻzbekistonga nima taklif qila oladi?

Ehtimoliy stsenariylar

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 1-iyul kuni boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlikni muhokama qildilar va ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasida strategik sheriklikni tasdiqladilar. Shu bilan birga, Ostin Qoʻshma Shtatlar "umumiy xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun" Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ishlashda davom etishini taʼkidladi.
Umumiy muammo - Afgʻoniston. 12 avgust kuni Air Force Magazine nashriga maʼlumot bergan oʻzbek harbiy amaldorining taʼkidlashicha, Ostin va Komilov 1 iyul kuni shuningdek, toliblarni jilovlab turish uchun AQSH jangovar aviatsiyasini Oʻzbekistonda joylashtirish istiqboli mavzusini ham muhokama qilishgan.
Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Markaziy Osiyoda hech kim oʻz hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emas – RF TIV
Garchi ilgariroq Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili: "Mudofaa sohasidagi asosiy hujjatlarda bu savollarga aniq va aniq javoblar bor: mamlakat hududiga xorijiy harbiy bazalar va obʼyektlar joylashtirilishi mumkin emas", deya taʼkidlagan boʻlsa-da.
Yaʼni, may oyida salbiy javob olgan amerikaliklar, Oʻzbekiston rahbariyatiga rad etish qiyin boʻlgan variantlar va yechimlarni izlab topishda davom etmoqda. Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan sheriklik, oʻzbek uchuvchilari ishtirokidagi Southern Strike qoʻshma mashgʻulotlari va Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikning katta afzalliklari taʼkidlanmoqda. Qolaversa, Amerika Oʻzbekistonga mustaqillik yillaridan buyon islohotlarga yoʻnaltirilgan katta miqdordagi yordamni koʻrsatgan va oʻz "sarmoyalari"ning qaytarilishini kutishga haqli.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Dunyoda
Pentagon Afgʻonistondagi vaziyatni baholadi
Zarurat tugʻilsa, xorijiy harbiy obʼyektni qoʻshma oʻquv yoki logistika markazi deb atash mumkin. Shunga qaramay, Markaziy Osiyoda Pentagon bazalarining mavjudligi destruktiv (halokatli), bu Afgʻoniston, Iroq va Suriyadagi oʻnlab yillar davom etgan sharmandali jangovar harakatlarda oʻz isbotini topgan.
AQSH harbiy aerodromlari va boshqa obʼyektlarini Afgʻonistondan Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston yoki Qirgʻizistonga koʻchirib oʻtkazish Afgʻonistondagi harbiy harakatlar mantigʻini oʻzgartirmaydi va mavjud mintaqaviy xavfsizlik tizimini yoʻq qilish bilan tahdid soladi.
Madomiki, Pentagon va ittifoqdoshlar 20 yil ichida toliblar bilan bevosita Afgʻoniston hududida kechgan urushda muvaffaqiyatlarga erisha olishmagan ekan, amerika qoʻshinlarining Markaziy Osiyoga "koʻchib oʻtishi"dan keyin ham hech narsa oʻzarmaydi.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Dunyoda
Shoygu KXSHTni Afgʻonistondan jangarilar hujumiga shay boʻlib turishga chaqirdi
Balki, Afgʻoniston shunchaki bahonadir, balki bu harakatlar Rossiya va Xitoyni "tiyib turish" uchun mintaqada qolishga bahona boʻlsa kerak - bunday siyosat esa Markaziy Osiyo davlatlari uchun ikki chandon xavflidir.
Konstitutsiyaviy "tabu" va KXSHT pozitsiyasi Pentagonning Oʻzbekistondagi "ufq orti" rejalarini tiyib turgani aniq, ammo Afgʻonistondagi vaziyatning keyingi keskinlashuvi harbiy-siyosiy murosa zonasini yaratishi mumkin. Buning uchun Vashington eng avvalo Moskva bilan muloqot ohangini oʻzgartirishi, qarama -qarshilik strategiyasi va kontseptsiyasiga tuzatishlar kiritishi kerak boʻladi.
Yana bir kuchli mintaqaviy oʻyinchi - XXR pozitsiyasini hisobga olmagan soddalashtirilgan koordinatalar tizimi hozircha shunday.
* – RFda taʼqiqlangan terrorchi uyushma.
Aleksandr Xrolenkoning Telegramdagi kanaliga aʼzo boʻling - https://t.me/AKhrolenko
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala