Kolumnistlar

"Pokiston oqimi": Rossiya janubga yoʻl olmoqda va bu hali boshlanishi

© Sputnik / Dmitriy Lelchuk / Fotobankka oʻtishStroitelstvo gazoprovoda "Severnыy potok-2"
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2021
Xorijiy matbuot xabariga koʻra, Rossiya jahon xaritasining muhim nuqtalarida oʻz strategik mavjudligini oshirishda davom etmoqda. Ayni vaqtda gap armiya va flot haqida emas, energetika, aniqroq aytganda - "Pokiston oqimi" haqida bormoqda.
Shu kunlarda Islomobodda ikki tomonlama uchrashuv yakunlandi, unda har ikki davlat texnik mutaxassislari guruhlari loyihani amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladilar, buning uchun texnik masalalar va hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ishlari davom ettiriladi. Oldingi uchrashuvlarda imzolangan memorandumlardan asosiy farqi shundaki, potentsial gaz quvuri yoʻnalishi boʻylab geologik-qidiruv ishlari boshlanadi, yaʼni boʻlajak quvur qogʻozdan yer qariga ilk qadamini qoʻymoqda.
Mujchina perevozit gazovыe ballonы. Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Notinchlik tufayli Afgʻonistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi
Loyiha gʻoyasi dastavval murakkab vaqtda paydo boʻlgan edi. 2015 yilda davomiyligi deyarli 1100 kilometrni va umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarni tashkil qiluvchi "Shimol-Janub" gaz quvurini ishlab chiqish va qurish boʻyicha hukumatlararo bitim imzolangandi. Bunda, rossiyalik pudratchilar tranzit magistral liniyasini Karachi portidan Lahor shahriga tortishlari koʻzda tutilgandi. Texnik gʻoyaning oʻziga xos xususiyati shundan iborat ediki, portda qoʻshimcha ravishda tabiiy gazni suyultiradigan terminal qurilishi kerak edi, unga dengiz gazovozlari yordamida STG yetkazib berilib, shundan soʻng u yana uchadigan holatga qaytarilgach, qatʼiyan shimolga Panjob provintsiyasiga yuboriladi.
Krutoy razvorot: Germaniya ugrojayet SSHA sanktsiyami v otvet na popыtku ostanovit Severnыy potok - 2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.07.2021
Kolumnistlar
Ukraina endi jim boʻladi. Bayden va Merkel “Shimoliy oqim” haqida kelishib olishdi
Keyingi ikki yilda loyiha amalga oshirilishi oʻrtacha tezlikda davom etdi. Tomonlar gaz prokachkasi uchun tariflar miqdori borasida kelisha olmadilar, eʼtiborli tomoni, Rossiya narx oshirilishini talab qilardi, aks holda, Moskva fikriga koʻra, loyiha iqtisodiy jihatdan zararli boʻlardi. Keyin Rossiyaning bosh ijrochisi - "Rostex" korporatsiyasiga nisbatan navbatdagi amerika sanktsiyalari qoʻllanildi, bu esa loyiha amalga oshirilishini yanada sekinlashtirdi. Oʻtgan yilning kuzida tomonlar shartnoma shartlarini yana qayta koʻrib chiqdilar, biroq faqat Islomobod talabiga binoan.
Loyihada Pokiston ishtirokining ulushi 51 foizdan 74 foizgacha oʻsdi, shu bilan birga Rossiya materiallari, butlovchi qismlari va uskunalarini jalb qilish va ulardan foydalanish shartlari qatʼiy kelishib olingan edi. Rossiya sarmoyasi 25 foizdan oshmasligi, boshqa barcha xarajatlarni esa Pokiston oʻz zimmasiga olishiga kelishilgandi.
Joriy yilning bahorida loyiha nomi "Pokiston oqimi" deya oʻzgartirildi, ikki mamlakat energetika vazirlari esa yaqin vaqtda qurilishni boshlashga tayyor ekanliklarini eʼlon qilishdi.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Rossiya
"Gazprom" Yevropa omborlariga joʻnatilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
Har qanday bunday loyihaning gʻoyasi va maqsadini tushunish uchun siyosatchilar va har xil ekspertlar gaplarini tinglash oʻrniga, xarita bilan qurollangan maʼqul. Iqtisodiy geografiya - ajoyib mavzu, u hatto rasmiy matbuot anjumanlarida juda mohirona chetlab oʻtiladigan savollarga ham javob bera oladi.
Pokiston - 220 milliondan ortiq aholiga ega davlat. Bu qoʻshni Hindiston va Xitoy fonida unchalik koʻp emasdir, biroq mana shu ikki yuz milliondan ortiq aholini XXI asrda nafaqat boqish, balki elektr energiyasi va tsivilizatsiyaning boshqa afzalliklari bilan taʼminlash kerak. Agar siz shaffof qogʻoz(kalka)ga Pokistonning barcha elektr stantsiyalari joylashuvini belgilasangiz va bu qogʻozni mamlakat fizik xaritasi ustiga joylashtirsangiz, tanqidiy nomutanosiblikni aniq koʻrasiz.
Generatsiya obʼyektlari, bu neft mahsulotlarida ishlaydigan 20 ta stantsiyalar, tabiiy gazda ishlaydigan 22 ta issiqlik elektr stantsiyalari, toʻqqizta koʻmir va uchta atom elektr stantsiyasi janubdan sharqqa va undan soʻng shimolga qarab yoʻnalish olgan va poytaxt hududiga borganda birdaniga uziladigan shartli aylana yoyda joylashgan. Elektr bilan eng kuchli qurollanganlar bu Karachi hududidagi Balujistonning janubiy qismi va uning markaziy qismi Kvetta-Loralay-Multan chizigʻi boʻylab, elektr stantsiyalarining kattagina ulushi esa Panjob provintsiyasida, yuqorida aytib oʻtilgan Lahor yaqinida joylashgan. Sal shimolroqda, Islomobod yaqinida, uchta koʻmir elektr stantsiyalari joylashgan, lekin ularning yagona vazifasi - poytaxt va uning atrofidagi hududlarning ehtiyojlarini qondirishdir.
Port Mukran - logisticheskiy tsentr Severnogo potoka-2 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Rossiya
Rossiya TIV “Shimoliy oqim-2” yakunlanish arafasidaligini maʼlum qildi
Xuddi shu xarita shuni koʻrsatadiki, Eron va Afgʻoniston bilan chegaradosh mamlakatlarning butun janubi-gʻarbiy qismida shaxsiy elektr generatsiyasi deyarli yoʻq, Islomoboddan shimolda, Kashmir va Xitoy bilan cheklangan hududda esa, bir nechta kichik quvvatdagi gidro elektr stantsiyalari yagona energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Tabiiyki, Pokistonga fuqarolar uylarini yoritadigan svet va nafaqat oʻz ehtiyojlarini, balki katta qoʻshnilari bilan foydali savdo-sotiqni taʼminlay oladigan ishonchli energiya manbalari kerak.
Yiliga 12,4 milliard kubometr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega "Pokiston oqimi" ning amalga oshirilishi yangi elektr stantsiyalarini yoqilgʻi bilan taʼminlaydi, bu esa oʻz navbatida Hindiston bilan chegaradosh Panjobda toʻplangan sanoat korxonalarini oziqlantiradi. Agar loyiha muvaffaqiyatli chiqsa, gaz quvurini poytaxtgacha uzaytirishga hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi, Multon shahridan Islomobodgacha boʻlgan transport tayanch nuqtasi toʻrt yuz kilometrdan salgina oshadi.
Bunda Rossiya manfaati nimadaligini tushunish uchun bir nechta lahzalarni yodga olish kerak boʻladi.
Magistral gaz oʻtkazish tizimi boʻlagi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2016
Iqtisod
Oʻzbekiston TAPI va Nabukko loyihalariga qoʻshilishni rejalashtirmagan
Bunda gapni TAPI (Turkmaniston - Afgʻoniston - Pokiston - Hindiston) magistral gaz quvuridan boshlash kerak, bunda Rossiya texnik kafolatchi, shuningdek uskunalar va quvurlar yetkazib beruvchi rolini bajaradi. Gaz yetib boruvchi soʻnggi davlat Hindistondir, lekin barcha tranziter-mamlakatlar koʻk yoqilgʻiga katta ehtiyojni sezishmoqda, shu bois uglevodorodlarga nisbatan oʻz ulushiga daʼvogarlik qilishlari aniq. Pokistonga keladigan boʻlsak, "oqim" texnik shartiga koʻra, ushbu gaz magistrali Multon shahri hududidan oʻtib TAPI gaz quvuriga qoʻshilishi buning yorqin dalilidir. Ikki gaz quvurining umumiy quvvati ushbu nuqtada 55 milliard kubometrni tashkil etadi, bu esa istalgan "Shimoliy oqim"larga mutlaq aniqlik bilan muvofiq keladi. Qoʻlda bunday resurslar mavjud boʻla turib, Pokiston yoppasiga ichki gazlashtirish jarayonini boshlashga kirishishi va qoʻshni bahsli Kashmirni egallab turgan Hindiston bilan siyosiy qarama-qarshilikda salmoqli kuzirni qoʻlga kiritadi.
Kompressornыe stantsii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Analitika
Rossiya va AQSH Yevropa bozorini talashmoqda: gaz omborini kim toʻldiradi
Bundan tashqari, Germaniya yoki Turkiyaga qaraganda qariyb uch barobar aholi istiqomat qiladigan Pokiston singari mamlakatda gaz bozorining shakllanishi, uglevodorodlar jahon bozorini qayta shakllantirishga kafolat beradi. Albatta, bu birinchi navbatda, Qatar uchun juda qiziq, axir u oʻzining suyultirilgan gazini Fors koʻrfazidan Ummon koʻrfazigacha va undan keyin Karachiga boradigan eng qisqa marshrut boʻylab yetkazib bera olishi mumkin. Shu bilan birga, Qatar STG ishlab chiqarilishini sezilarli darajada oshirishga qodir emas, demak, istiqbolda Yevropaga qatar gazini yetkazib berish hajmi kamayadi, bu esa Rossiya gaz quvurlari va ular orqali yetkazib berish ahamiyatini yanada oshiradi.
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2020
Analitika
Raqobatga dosh berolmadi: Yevropa va Osiyo amerika STGdan voz kechmoqda
Bundan tashqari, quvurlar va boshqa uskunalarni yetkazib bera turib, Rossiya asosiy xom ashyoni sotish bilan shugʻullanmaydi, balki, maksimal qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan yakuniy mahsulotni ishlab chiqaradi - bunda geofiziklardan tortib poʻlat ishlab chiqaruvchilar va quvur chigirlaydiganlargacha boʻlgan uzun kooperatsiya xalqasi ish bilan taʼminlanadi.
Mintaqadagi jonlanish Afgʻonistondagi siyosiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda "Shimoliy oqim 2" qurilishining yakunlanishi bilan ham bogʻliqligiga hech qanday shubha yoʻq. Rossiya har qanday loyihani, hatto katta sanktsiyalar bosimi ostida boʻla turib ham, tugatishga qodir ekanligini aniq koʻrsatdi. Hindiston dunyodagi asosiy metallurgiya derjavasiga aylanishga intilmoqda, unga bir vaqtning oʻzida Afgʻonistonning temir rudasi, kokslanadigan koʻmir va Rossiyadan moviy rang yoqilgʻi kerak. Pokiston sanoat taraqqiyotining yangi bosqichiga chiqishni xohlaydi, lekin bu uchun ham yana tabiiy gaz talab etiladi, qoʻshni davlatlarning hammasida bu borada tanqislik sezilmoqda va ularda Islomobod bilan tabiiy yoqilgʻini boʻlishish niyati yoʻqligi aniq.
Amerikaning Afgʻonistondan chiqib ketishi butun boshli global oʻzgarishlar koʻchkisini qoʻzgʻatgan kichik toshga aylandi. Agar toliblar mamlakatni navbatdagi hammaga qarshi total urushdan saqlay olsa, u holda yaqin kelajakda biz yangi energiya, savdo va sanoat bozorlari uchun avj oladigan kurashlar guvohiga aylanamiz. Quvontiradigani, Rossiya taraqqiyotning eng asosiy va istiqbolli yoʻnalishlaridan birini allaqachon egallab olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala