22:36 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
318 0 0

Tomonlar yangi hujjatni shakllantirish uchun uch tomonlama ekspertlar kengashini tashkil etishga kelishib olishdi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Eron transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Onlayn muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston tomoniga Transport vaziri Elyor Gʻaniyev, Afgʻoniston tomoniga mamlakat transport vaziri Yamo Shams, Eron tomoniga esa mamlakatning yoʻl va shaharsozlikni rivojlantirish vaziri Muhammad Islomi rahbarlik qilgan.

Oʻzbekston Transport vaziri Elyor Gʻaniyev bugun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sabab davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar jiddiy ravishda murakkablashib borayotganini, mazkur vaziyatda mamlakatlar oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qoʻshma qarorlar qabul qilish zarurligini davrning oʻzi taqazo etayotganini alohida qayd etgan.

Taʼkidlanishicha, boshqa davlatlar oʻrtasidagi yuk tashish hajmi pasayishi kuzatilayotgan bir davrda Afgʻoniston yoʻnalishida yuk tashuvlar hajmi umumiy dinamikasi barqaror oʻsish surʼatlarini namoyon etmoqda. Jumladan joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida temir yoʻl transporti orqali Afgʻonistondan va Afgʻonistonga yuk tashuvlari hajmi 2,5 mln.tonnani tashkil etdi. Bu 2019 yilning mos davriga nisbatan 50,6 % oʻsishga erishilganini anglatadi. Aynan shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat Afgʻoniston hududida amalga oshirilayotgan transport koridorlarini rivojlantirish bilan bogʻliq infratuzilma loyihalariga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni shu jihatlardan kelib chiqqan holda uchrashuvda transafgʻon temir yoʻlining qurilish masalasi hamda "Shimol-Janub" transport koridori doirasida Eronning "Choxboxor" porti imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlarning tranzit potentsialini yanada rivojlantirishda mavjud qator muammolar xususan, tarif masalalari, yuk tashuvlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan TIR tizimidan toʻliq foydalanish, istiqbolda elektron TIR tizimini joriy etish va davlatlar chegaralaridagi bojxona infratuzilmalarini yaxshilash kabi masalalarni hamkorlikda hal etish choralarini koʻrish boʻyicha fikr almashildi.

Tomonlar mavjud muammolarni hal etish, davlatlar oʻrtasida yuk tashish va tranzit qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarni tartibga soluvchi yangilangan xalqaro hujjatni imzolash zarurligini alohida qayd etib oʻtishdi. Shu munosabat bilan Eronning yoʻl va shaharsozlikni rivojlantirish vaziri Muhammad Islomi hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirish maqsadida davlatlar oʻrtasida maxsus ishchi guruhini tashkil etish va transport sohasidagi munosabatlarini tartibga soluvchi yangi bitm imzolashni taklif qildi. Tomonlar yangi hujjatni shakllantirish uchun uch tomonlama ekspertlar kengashini tashkil etishga kelishib olishdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston tomoni Eron – Afgʻoniston – Oʻzbekiston yoʻnalishida ilk avtokarvonni tashkil etish taklifini bildirdi. Ushbu avtokarvonning tashkil etilishi yoʻnalish boʻylab yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar boʻyicha tasavvurga ega boʻlishga va ularning yechimi yuzasidan aniq choralarni koʻrishga imkoniyat yaratadi.

Mazkur taklif Afgʻoniston va Eron tomonidan ham maʼqullandi. Eron tomoni aynan mazkur yoʻnalishda multimodal transport koridorini tashkil etish davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanishga katta turtki berishini alohida qayd etib oʻtdi. Muhammad Islomi shuningdek, 2021 yilda Eron tomoni Choxboxor portidan mamlakatning Zaxedon shahrigacha temir yoʻl qurib bitkazilishi va ishga tushirilishini bu esa oʻz navbatida davlatlar oʻrtasida yuk tashuvlar hajmining ortishiga hissa qoʻshishini taʼkidladi.

Afgʻoniston transport vaziri Yamo Shams davlatlar oʻrtasidagi transport va tranzit aloqalarini rivojlantirishga va bu boradagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirdi. Eron – Afgʻoniston – Oʻzbekiston yoʻnalishida ilk multimodal avtokarvonni tashkil etish va bu jarayonda xavfsizlik masalalari Afgʻoniston hukumati tomonidan toʻliq taʼminlanishini taʼkidlab oʻtgan.

Uchrashuv soʻngida tomonlar koronavirus pandemiyasi tufayli bugun vujudga kelayotgan qiyin va murakkab vaziyatga qaramasdan uch tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha ishlarni davom ettirish zarurligini, aynan davlatlar oʻrtasida transport sohasidagi aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud ekanligini qayd etishgan.

Asosiy mavzular