01:28 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat

Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi

Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasi orqali 9 ta oʻtish punkti tantanali ravishda ochildi. Oʻzbekiston TIV "Koʻlob-Moskva" yoʻnalishi boʻylab birinchi yoʻlovchi poyezdi "Amuzang" temir yoʻli oʻtkazish punkti orqali 7 martdan qatnashini xabar qildi.

Bu - ikki davlat oʻrtasida 2010 yilda qurilgan balandligi 3 metr va uzunligi 10 metrlik toʻsiqning buzib tashlanishidan keyin eng shov-shuvli va intizorlik bilan kutilgan yangilik boʻldi.

Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga safari esa ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishi kutilayapti.